Abdulrahmon ibn Avf yurishi, shuningdek, Dumat ul-Jandalning ikkinchi gʻazoti ()Mubarakpuri, Saifur Rahman Al (2005), The sealed nectar: biography of the Noble Prophet, Darussalam Publications, p. 395, ISBN 9789960899558 (online ) hijriy 6-yilning 8-shaʼbon oyida (milodiy 627-yil dekabr) boʻlib oʻtgan. Abdurahmon ibn Avf Banu Kalb qabilasi ustidan gʻalaba qozonib, ularni Islomni qabul qilib, musulmonlar tarafiga oʻtkazish uchun yuborilgan va bu yurish muvaffaqiyatli yakunlangan.

Yurish Muhammad Abdurahmon ibn Avfni xalqni oʻziga jalb qilish uchun Dumat ul-Jandalga boshliq etib tayinlagan.

Abdurahmon 700 kishi bilan Fadakning Haybar yoʻlida joylashgan Dumat al-Jandalga yurish qilish uchun yoʻlga otlanadi. Bu joy oʻsha vaqtda yaxshi savdo markazi boʻlib, aholisi, asosan, nasroniylar boʻlgan va nasroniy podshosi tomonidan boshqarilgan. Dumat ul-Jandalga yetib kelgan Abdurahmon qabila ahlini 3 kun ichida Islomni qabul qilishga chaqirgan.

3 kunlik muddat ichida Banu Kalb qabilasining nasroniy boshligʻi al-Asbogʻ buyruqqa itoat qilgan, shu sababli boshqalar ham unga ergashganMufti M. Mukarram Ahmed (205). . Bundan tashqari, boshqa qabilalar ham Abdurahmonga jizya soligʻi toʻlaganlar. Muntazam ravishda jizya soligʻini toʻlashga kelishgan holda ularga nasroniylikni saqlab qolishga ruxsat berilgan.

Muhammad elchi orqali ushbu xabarni olib, Abdurahmonga nasroniylar boshligʻi al-Asbogʻning qizi Tamazirga uylanishni buyurgan. Shunda Abdurahmon nasroniy podshosining qizi Tumazir binti Asbogʻga uylangan va ayolini oʻzi bilan birga Madinaga olib kelganMuir, William (1861), The life of Mahomet and history of Islam to the era of the Hegira, Volume 4, Smith, Elder & Co, pp. 11–12Watt, W. Montgomery (1956). .

Manbalar

Turkum:Muhammad tomonidan buyurilgan yurishlar Turkum:627