Jasur Birodarovich Abduraimov (; 1972-yil 1-may) — Oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi va futbol murabbiyi. Faoliyati davomida Toshkentning „Paxtakor“ va Namanganning „Navbahor“ kabi taniqli jamoalarda oʻynagan.
Hayoti
Futbolchilik faoliyati Jasur faoliyatini dastlab Angrenning „Konchi“ jamoasida tarkibida boshlagan. Keyinchalik Toshkentning „Paxtakor“ va „Umid“, Namanganning „Navbahor“, 1993-yilda Malayziyaning „Melaka TMFK“, Toshkentning „MHSK“ Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“, Navoiyning „Zarafshon“, „Buxoro“ klublari tarkibida oʻynagan.
Faoilyatini 2001-yil mavsum yakunida Termizning „Surxon“ jamoasi tarkibida oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati 2015-2017-yillar oraligida Oʻzbekiston U20 va Oʻzbekiston U23 terma jamoasida faoliyat olib borgan. 2017-yil 28-aprelda „Paxtakor“ jamoasida vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida tayinlangan. 2017-yil 21-iyunda „Paxtakor“ jamoasiga Shota Arvaladze bosh murabbiy etib tayinlanganidan soʻng Jasur, Shota boshchiligidagi murabbiylar shatabida yordamchi murabbiy sifatida 2021-yilgacha faoliyat yuritgan.
2021-yil 16-martda Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va jamoaning bosh murabbiyi boʻlgan. 2021-yil 15-oktyabrda Bekobod jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan.
Shaxsiy hayot Jasur sportchilar oilasida tugʻilgan. Otasini taniqli futbol mutahasisi va sobiq futbolchi Birodar Abduraimov. Jasurning akasi Azamat va ukasi Bahodir ham taniqli futbolchilar boʻlishgan. Uning Nigina Abduraimova tennis sporti bilan shugʻillanadi.
Yutuqlar
Futbolchi sifatida Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 1992
Manbalar
Havolalar
Jasur Abduraimov Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Umid Toshkent klubi futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Metallurg Bekobod klubi bosh murabbiylari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar