__INDEKS__ __NEWSECTIONLINK__
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali (qisqartmasi TATUUF) – Urganchdagi oliy oʻquv yurti boʻlib, informatika va axborot texnologiyasi, pochta xizmati, radioeshittirish va televideniye, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Urganch filiali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-91 son „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2005-yil 14-iyundagi 130-son „Oliy taʼlim muassasalari filiallari toʻgʻrisidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida“gi buyrugʻi hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005-yil 21-iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005-yil 23-iyuldan Urganch shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan. Toʻliq 2005-yildan hozirgi davrga qadar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali nomi bilan ataladi. Universitetda 2,600 dan ortiq talabalar taʼlim oladilar. Universitet tashkil qilingandan beri 30 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis tayyorlandi. Universitetda 26 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar va 32 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.
Tarixiy TATU 1955-yilda tashkil etilgan. 2002-yilgacha Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti deb nomlangan. 2002-yili 1-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qaroriga koʻra, universitetga aylantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyun “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91- sonli qarori bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-martdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2834-sonli qarori bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Muhammad al-Xorazmiy nomi berilgan. 2005-yil – Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlarida TATU mintaqaviy filiallari tashkil etildi 2017-yil – Universitetga Muhammad Al-Xorazmiy nomi berildi Universitet telekommunikatsiya va axborot tizimlari sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi oʻquv muassasasi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyunda qabul qilingan „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi Qaroriga binoan TATU axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha tayanch oliy oʻquv muassasasi hisoblanadi. Taʼlim bosqichlari: oʻrta taʼlim (2 ta litsey), bakalavriat (25 ta yoʻnalish), magistratura (24 mutaxassislik), aspirantura va doktoranturadan iborat. Universitet binosi, auditoriyalar va kabinetlar, talabalar uyi binosi kapital taʼmirlandi, yangi zamonaviy oʻquv binosi, 700 oʻrinli oshxona, 400 oʻrinli sport majmuasi qurildi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston bozorlarida ishlovchi qator kompaniyalar hamda korxonalar tomonidan katta homiylik yordami koʻrsatildi. Universitetda 28 kafedra va 37 oʻquv laboratoriyalari, 10 tadqiqotchilik laboratoriyalari va shaxsiy tarmogʻi bilan kompyuter markazlari, zamonaviy (1800 dan ortiq) kompyuterlar hamda multimediali sinflar (20 dan ortiq), 400 mingdan ortiq kitoblar bilan axborot-resurs markazi (kutubxona) mavjud. Universitet qoshida ilmiy tadqiqotlar sektori, litsey-instituternat, akademik litsey va kasb-hunar kolleji mavjud. Universitet Germaniya, Angliya, Belgiya, Xitoy, Hindiston, Koreya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi.Universitet faoliyati J. A. Abdumayev, T. D. Rajabov, M. S. Yunusov, T. S. Yoʻldoshboyev, F. B. Abutaliyev, S. S. Kolesov, M. N. Oripov, V. M. Son, Yu. S. Saʼdullayev, V. V. Yakovlev, X. K. Oripov, S. S. Qosimov va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.
Fakultetlar
Kompyuter injiniringi fakulteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti
Kafedralar
Axborot texnologiyalari kafedrasi Raqamli taʼlim texnologiyalari kafedrasi Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi Dasturiy injiniring kafedrasi Tabiiy fanlar kafedrasi Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi Axborot xavfsizligi kafedrasi
Bakalavr yoʻnalishlari Kunduzgi №ShifriTaʼlim yoʻnalishi nomi160610300Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha)260610500Kompyuter injiniringi („Kompyuter injiniringi“)360610500Kompyuter injiniringi („AT-Servis“)460610500Kompyuter injiniringi („Multimedia texnologiyalari“)560610600Dasturiy injiniring660611000Telekommunikatsiya texnologiyalari („Teleradioeshittirish“)760611300Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi Sirtqi №ShifriTaʼlim yoʻnalishi nomi160320400Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)260610500Kompyuter injiniringi („Kompyuter injiniringi“)360610500Kompyuter injiniringi („AT-Servis“)460610600Dasturiy injiniring560611000Telekommunikatsiya texnologiyalari („Teleradioeshittirish“)660611400Pochta aloqasi texnologiyasi
Masofaviy №ShifriTaʼlim yoʻnalishi nomi160610500Kompyuter injiniringi („Kompyuter injiniringi“)260610600Dasturiy injiniring
Magistratura yoʻnalishlari №ShifriTaʼlim yoʻnalishi nomi170610302Axborot xavfsizligi (yoʻnalishlar boʻyicha)270610501Kompyuter injiniringi („Kompyuter tizimlarini loyihalash“, „Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash“, „Axborot va multimedia texnologiyalari“)370610601Dasturiy injiniring470611001Telekommunikatsiya injiniringi („Axborot uzatish tizimlari“, Telekommunikatsiya tarmoqlari", „Teleradioeshittirish“) Filiallar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali
Direktorlar
2005-2009. Yusupov Ahmadjon Yusupovich. Fizika-matematika fanlari doktori, professor. 2009-2011. Davletov Ikrom Yusubovich. Fizika-matematika fanlari doktori. 2011-2012. Qutliyev Uchqun Otoboyevich. Fizika-matematika fanlari doktori, professor. 2012-2013. Yarmetov Jumanazar Ruzimovich. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2013-2015. Nishanov Axram Xasanovich. Texnika fanlari doktori, professor. 2015-2018. Hoitmetov Umid Azadovich . Fizika-matematika fanlari nomzodi. Dotsent. 2018-2022. Baydjanov Maqsudbek Islamdjanovich.Fizika-matematika fanlari nomzodi. 2022-2024. Matyokubov O‘tkir Karimovich.Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 2024- h.v Ismoilov Shukurulloh Habibulloh o'g'li.Fizika-matematika fanlari nomzodi.
Direktor o'rinbosarlar 2021-y.-h.v. Matyokubov O‘tkir Karimovich. 2022-y.-h.v. Xalmuratov Omonboy Utamuratovich.
Mashhur bitiruvchilar Xo'jayev Otabek Qadamboyevich. Shuhrat medali va Beruniy davlat sipendiyasi sohibi Raxmonova Muhabbat Beruniy davlat stipendiyasi sohibasi Otajonov Quvondiq Maqsud o'g'li Beruniy davlat stipendiyasi sohibi Sultanov Yo'ldosh O'razmatboyevich Beruniy davlat stipendiyasi sohibi Egamberganova Fazilat Shuhratovna Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibasi Ibodullayeva Zarnigor Ollayor qizi Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibasi Ollaberganova Muyassar Davlatboy qizi Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibasi Babajanov Bobur Farhadovich Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi Saidov Atabek Bahtiyarovich O'zbekiston Respublikasi Prezident stipendiyasi sohibi Rustamov Rahimbergan Hamroyevich Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi
Galereya
Manbalar
Havolalar Universitet sahifasi TATU rasmiy kanali Telegramda TATU rasmiy sahifasi Facebookda TATU rasmiy sahifasi Linkedinʼda
Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar Turkum:2005-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Urganch