Xalqaro xotira assotsiatsiyasi (; qisqartmasi IAM)— turli milliy xotira sporti federatsiyalarini birlashtiruvchi xalqaro tashkilot boʻlib, xalqaro xotira musobaqasining boshqaruv organi sifatida ishlaydi. Xalqaro xotira assotsiatsiyasi 2016-yil 5-iyulda tashkil etilgan boʻlib, tashkilotning shtab-kvartirasi Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan.
Musobaqalar Birinchi Xalqaro xotira assotsiatsiyasi musobaqasi 2016-yilda Kaliforniyaning San-Diego shahrida „Memory League“ bilan hamkorlikda boʻlib oʻtdi. 2017-yil dekabr oyida ilk marotaba xotira boʻyicha jahon chempionati esa Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tdi. Xalqaro xotira assotsiatsiyasi 2018-yil dekabr oyida Avstriyaning Vena shahrida o‘zining ikkinchi xotira bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qildi.
Xotira boʻyicha jahon chempionati 3 kunlik musobaqa boʻlib, quyidagi 10 ta yoʻnalishdan iborat:
15 daqiqalik ismlar va yuzlar; 30 daqiqalik binar raqamlar 1 soatlik raqamlar; 5 daqiqalik rasmlar; 5 daqiqalik raqamlar; 5 daqiqalilik tarixiy sanalar; 1 soatlik kartalar; 15 daqiqalik soʻzlar; tezkor kartalar.
Xalqaro xotira assotsiatsiyasi AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Shvetsiya, Daniya Indoneziya, Fransiya, Kanada, Avstriya, Misr, Liviya, Xitoy, Hindiston, Mongoliya, Avstraliya, Koreya, Yaponiya, Filippi,, Singapur va Tayvanda chempionatlarga mezbonlik qilgan. Musobaqalarning toʻliq roʻyxati, natijalar, reytinglar, milliy va jahon rekordlari statistika bilan Xalqaro xotira assotsiatsiyasining veb-saytida tanishish mumkin.
Yana qarang
Mnemonist
Manbalar