Hannah Beswick (1688–1758), Birchin Bower, Hollinwood, Oldham, Great Manchester shaharlarida yashagan badavlat ayol. Bu badavlat ayolning biologik oʻlim boʻlmagan holatda dafn etilishidan patologik fobiyasi boʻlgan. 1758-yilda vafot etganidan soʻng, uning jasadi tiriklik belgilarining bor yoki yoʻqligini tekshirib turish uchun mumiyolab qoʻyilgan va dafn etilmasdan saqlab turilgan.
Mumiyolash qaysi usulda oʻtkazilgani qayd etilmagan, biroq tomirlarga qonning oʻrniga skipidar va vermilion moddalari quyilgani aniq. Keyin esa jasad eski soat qutisiga solingan va Beswickning oilaviy shifokori Charles Whitening uyida saqlangan. Beswickning ushbu gʻayrioddiy ishi uning mashhur boʻlishiga sabab boʻlgan. Doktor White uyiga kelgan baʼzi qiziqqon kishilarga boy xonimning jasadini koʻrishga ruxsat bergan.
Beswickning mumiyolangan jasadi Manchester muzeyiga keltirilgan va koʻrgazmaga qoʻyilgan. U Manchester mumiyosi yoki Birchin Bower mumiyosi nomini olgan. Manchester yepiskopi ruxsati bilan Beswick dafn qilinishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Dafn marosimi 1868-yil 22-iyul kuni Harpurhey qabristonida, uning oʻlimidan 100 yildan ortiq vaqt oʻtganidan keyin amalga oshirilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Buyuk Britaniya Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:Tibbiyot tarixi Turkum:1758-yilda vafot etganlar Turkum:1688-yilda tugʻilganlar Turkum:Mumiyolar