KDV Group (sobiq „Vostok“ qandolatchilik uyi) – gazaklar , qandolat mahsulotlari, souslar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Rossiyaning eng yirik oziq-ovqat kompaniyalaridan biri. Kompaniya soatiga 80 tonnadan ortiq mahsulot ishlab chiqaradi. Kompaniya bosh ofisi Rossiyaning Tomsk viloyatida joylashgan. 2019-yilda Rossiyaning eng yirik xususiy kompaniyalari Forbes reytingida kompaniya 77-oʻrinni egallagan. RBC maʼlumotlariga koʻra, kompaniyaning 2016-yildagi umumiy daromadi 95,3 milliard rublni tashkil etgan. 2019-yil maʼlumotlariga koʻra, kompaniyada 25 ming kishi ishlaydi. Kompaniya asoschisi va egasi — Denis Shtengelov.

Manbalar

Turkum:Qandolatchilik