Jaʼfar ibn Muhammad ibn Horun (); 822-yil mart861-yil 11-dekabr), hukmronlik nomi Mutavakkil ala Alloh () nomi bilan mashhur oʻninchi Abbosiy xalifasi boʻlib, 847-yildan toki 861-yilda oʻldirilgunga qadar hukmronlik qilgan. Oʻz akasi Vosiqdan () keyin taxtga chiqqan va mamlakat hududini maksimal darajada kengaytira olgani bilan mashhur. U kuchli dindor boʻlgan va moʻtaziladan voz kechgani, Mihnaga (islom ulamolarining taʼqiblari davri) yakun yasagani va Ahmad ibn Hanbalni ozod qilgani bilan tarixda qolgan. Ayniqsa, musulmon boʻlmagan fuqarolarga nisbatan qattiqqoʻlligi bilan mashhur.

861-yil 11-dekabrda oʻgʻli Muntasir koʻmagida turkiy gvardiyachilar tomonidan oʻldirilgan. Bu voqea „Samarradagi anarxiya“ deb atalgan ichki nizolar davrining boshlanishi boʻlgan.

Yoshlik davri

Mutavakkil 822-yil fevral/mart oylarida Abbosiy shahzodasi Abu Isʼhoq Muhammad (boʻlajak Muʼtasim) va xorazmlik qul kanizak Shujadan tugʻilgan. Uning yoshlik davri nomaʼlum. Chunki katta akasi Vosiq 847-yil avgustda vafot etgunga qadar siyosiy ishlarda hech qanday rol oʻynamagan.

Mutavakkil amakisi Maʼmun hukmronligi davrida tugʻilgan. To‘liq ismi Ja’far ibn Muhammad, kunyasi esa Abu al-Fadl boʻlgan. Yosh shahzodaning yoshlik hayoti Abbosiylar xalifaligining oltin davri deb ataladigan davrga to‘g‘ri kelgan. Yoshligida otasi 833-yilda vafotiga qadar hukmronlik qilgan xalifa amakisi Maʼmunning muhim amaldori boʻlgan. Tabariyning maʼlumotlariga koʻra, oʻlim toʻshagida yotgan Maʼmun oʻz oʻrniga Abbosni emas, balki ukasini tayinlash toʻgʻrisida maktub yozgan va Abu Isʼhoq 9-avgustda Muʼtasim (toʼliq Muʼtasim billoh, „Xudodan panoh soʻragan“) xalifalik nomi bilan xalifa deb eʼtirof etilgan. Otasi 833-yilda xalifalikning sakkizinchi xalifasi boʻlgan. Otasi xalifalikni sakkiz yil boshqargach, o‘rniga katta o‘g‘li Vosiq taxtga o‘tirgan.

Yosh shahzoda Jaʼfarning birinchi oʻgʻli Muhammad (boʻlajak Muntasir) 837-yilda tugʻilgan. Muntasirning onasi Hubshiya yunon ummu al-valadi boʻlgan. Bu vaqtda Jaʼfar 14 yoshda boʻlgan. Boshqa oʻgʻillari Ahmad (boʻlajak Muʼtamid) va Talha (boʻlajak Muvaffaq) 842 va 843-yillarda tugʻilgan. Boʻlajak Muʼtamidning onasi Fityan ismli kufalik ummu al-valad boʻlgan.

Jaʼfar shahzoda sifatida 842-yilda (Vosiq taxtga oʻtirgan yili) haj ziyoratchilarini boshqargan. Vosiqning onasi Qaratis haj ziyoratiga borish niyatida unga hamrohlik qilgan. Biroq, 4-zul-qaʼdada (842-yil 14-avgust) al-Hirada vafot etgan va Kufadagi Dovud ibn Isoning Abbosiylar saroyiga dafn qilingan. Ja’far akasining hukmronligi davrida saroy a’zosi bo‘lib qolgan.

Xalifaligi

Votiqning oʻlimi kutilmagan edi. Xalifaning kichik yoshdagi oʻgʻli boʻlsa-da, hali oʻz oʻrniga voris tayinlamagan edi. Binobarin, yetakchi amaldorlar, vazir Muhammad ibn az-Zayyat, bosh qozi Ahmad ibn Abu Duvod, turk sarkardalari Itax va Vosif at-Turkiy hamda yana bir qancha kishilar vorisni aniqlash uchun yigʻilishgan. Ibn az-Zayyat dastlab Vosiqning oʻgʻli Muhammad (boʻlajak xalifa Muhtadiy) nomzodini taklif qilgan, lekin yoshligi sababli uning oʻrniga kengash 26 yoshli Jaʼfarni tanlagach, u Mutavakkil nomi bilan xalifa boʻlgan. Amaldorlar yangi xalifaning Vosiq kabi qatʼiyatsiz qoʻgʻirchoq boʻlishiga umid qilishgan. Biroq Mutavakkil davlatni amalda nazorat qilib turgan otasi davridagi fuqarolik va harbiy amaldorlar guruhini yo‘q qilib, xalifalik hokimiyatini tiklab, uning mustaqilligini taʼminlashga qaror qilgan.

thumb|left|Xalifa Mutavakkilning (847 — 861) oltin dinori

Mutavakkilning birinchi nishoni vazir ibn az-Zayyat bo‘lib, u o‘tmishda xalifaga nisbatan hurmatsizlik qilgani uchun xalifaning chuqur gina-kudurati bor boʻlgan. Tabariyning yozishicha, Vosiq o‘z ukasidan g‘azablanib, shubhalana boshlaganda Mutavakkil vazirni xalifaga shafoat qilishga ko‘ndirish umidida ibn az-Zayyat huzuriga kelgan. Ibn az-Zayyat xatlarni o‘qib bo‘lguncha Abbosiy shahzodani kuttiribgina qolmay, balki boshqa odamlarning oldida oʻzidan yordam so‘rab kelgani uchun shahzodani masxara qilgan. Shahzoda ma’yus holda ketgach, ibn az-Zayyat xalifaga xat yozib, shahzodaning tashqi ko‘rinishidan shikoyat qilgan. Xatda shahzodaning ayollar uslubida kiyingani va sochlari juda uzun ekanligini ta’kidlagan. Natijada Vosiq ukasini saroyga chaqirtirgan. Mutavakkil xalifani tinchlantirish umidida yangi saroy libosida kelgan, lekin Vosiq sochlarini qirqishni buyurgan va Mutavakkilning yuziga urgan. Bu voqeadan keyin Mutavakkil umrida hech qachon bu kabi ommaviy xorlikdan koʻra dahshatroq qaygʻu chekmaganini tan olgan. Shunday qilib, 847-yil 22-sentyabrda xalifa ibn az-Zayyatni tinglovga chaqirish uchun Itaxni yuborgan. Vazir tinglov oʻrniga Itaxning qarorgohiga keltirilib, uy qamogʻiga olingan. Uning mol-mulki musodara qilinib, oʻzi qiynoqqa solingan.

Bu davr Itax faoliyatining eng yuqori choʻqqisi boʻlgan. U xalifaning shaxsiy qoʻriqchilari boshligʻi, saroy inspektori va hukumatning razvedka tarmogʻi boʻlgan barid — jamoat posti boshligʻi lavozimlarini birlashtirgan. Biroq 848-yilda Itax hajga borishga koʻndirilgach, oʻz vakolatlarini topshirgan. Qaytib kelgach esa hibsga olingan. Uning mol-mulki musodara qilingan. Maʼlumotlarga ko‘ra, uyidan xalifaning odamlari bir million oltin dinor topishgan. Itax 849-yil 21-dekabrda qamoqxonada tashnalikdan vafot etgan.

Moʻtaziliylarning Qurʼon yaratilgan degan fikriga qarshi chiqqan mashhur faqih Ahmad ibn Hanbal ibn Hilol ibn Asad ash-Shayboniyni qamoqdan ozod qildi. Hanbaliylik mazhabining asoschisi Ahmad ibn Hanbal mos ravishda Maʼmun (813-833), uning ukasi va Mutavakkilning otasi Mutaassim va uning oʻgʻli Vosiq hukmronligi davrida hibsga olingan va qiynoqqa solingan.

Mahmud ibn al-Faraj an-Nayshapuriy ismli shaxs o‘zini payg‘ambar deb da’vo qilib bosh koʻtaradi. Uning oʻzi va bir qancha tarafdorlari Bagʻdodda qamoqqa olingan. U qamoqqa tashlangan va 850-yil 18-iyun kuni oʻlguncha kaltaklangan.

Hijriy 236-yilda (850) Mutavakkil o‘z saltanatidagi barcha nasroniy va yahudiylarni, jumladan Quddus va Kesariyadagilarni musulmonlardan farqlash uchun sariq (asal rangli) qalpoq va belbogʻ taqishni talab qiluvchi farmon chiqargan.

Hijriy 237-yilda (851—852) armanlar isyon koʻtarib, Abbosiylar noibini magʻlub etib, oʻldirishgan. Mutavakkil bu muammoni hal qilish uchun sarkarda Bug‘a al-Kabirni yuborgan. Bugʻa yil davomida muvaffaqiyatlarga erishgan. Keyingi yili Tiflisga hujum qilib, shaharni yoqib yuborgan va Isʼhoq ibn Ismoilni asir olgan. Isyonchilar yetakchisi keyinroq qatl etilgan. Oʻsha yili (hijriy 238-yil) vizantiyaliklar Damiettaga hujum qildilar.

Hijriy 240-yilda (854—855) Himsda politsiya boshlig‘i qo‘zg‘olon ko‘targan taniqli shaxsni o‘ldirgan. Uni lavozimidan boʻshatib, Mutavakkil yangi politsiya boshlig‘ini tayinlagan. Keyingi yili yangi politsiya boshligʻiga ham qarshi qoʻzgʻolon koʻtarilgach, Mutavakkil isyonni qattiqqoʻllik bilan bostirdi. Nasroniylar tartibsizliklarning ikkinchi bosqichiga qoʻshilishgach, xalifa nasroniylarni Himsdan quvib chiqargan.

Shuningdek, 241-yilda Yuqori Misr atrofida yashagan beja xalqining qoʻzgʻoloniga qatʼiy javob qaytarilgan. Ular oltin konlari uchun soliq toʻlashgan. Bejalar soliq toʻlashni toʻxtatib, konlarda ishlaydigan musulmonlarni quvib chiqarishgan va Yuqori Misrdagi odamlarni dahshatga solishgan. Mutavakkil tartibni tiklash uchun al-Qummiyni yuborgan. Al-Qummi mazkur uzoq hududning qiyinchiligiga qaramay, sabr-toqatli boʻlish uchun yordam bera oladigan yettita kema yetkazib bergan. U konlarni qaytarib olib, Beja qirollik qalʼasiga bostirib kirgan va jangda qirolni magʻlub etgan. Bejalar soliq toʻlashni davom ettirgan.

856-yil 23-fevralda Vizantiya imperiyasi bilan asirlar almashinuvi boʻlib oʻtgan. Taxminan toʻrt yil oʻtgach, ikkinchi marta shunday almashinuv boʻlib oʻtdi.

Mutavakkil hukmronlik davri koʻplab islohotlar bilan esda qolgan va Abbosiylarning oltin davri sifatida qabul qilingan. U Abbosiylarning oxirgi buyuk xalifasi boʻlib qoldi. Vafotidan keyin sulola tanazzulga yuz tutgan.

Diniy siyosat

Mutavakkil avvalgi xalifalarning diniy siyosatidan uzoqlashishga qaror qilgan. Buning oʻrniga Qurʼon yaratilganmi yoki yaratilmaganmi degan tortishuvlarga chek qoʻyishni tanlab, oxir-oqibat 833-yildan beri amalda boʻlgan aqidaviy tuzumga chek qoʻygan. Mutavakkil keyingi bir necha yilni moʻtaziliylarga qarshi dushmanona qadamlar bilan oʻtkazgan. Ibn Abu Duodning bir qancha qozilarini lavozimidan boʻshatgan va Qurʼon mohiyati haqidagi bahslarni toʻxtatishni buyurgan; ; ; ..

Xalifa Ahmad ibn Hanbal (855-yilda vafot etgan) bilan ham yarashmoqchi boʻldi. Shu maqsadda Ahmad ibn Nasrning jasadini namoyish qilishni chekladi. Nihoyat, 852-yilning martida inkvizitsiya aybi bilan ushlab turilgan barcha mahbuslarni ozod qilishni buyurdi va bu bilan mihnagacha boʻlgan davr siyosatiga yaqinlashdi; ; ; ; ; ..

Mutavakkil 851-yilda mashhur arab islom olimi Yahyo ibn Aktamni bosh qozi (Qozi al-quzzot) etib tayinladi. U ushbu lavozimda 854-yilda Mutavakkil lavozimidan boʻshatmaguncha faoliyat yuritdi. Mutavakkil 854-yil iyul oyida Yahyo ibn Aktam oʻrniga Jaʼfar ibn Abduvohid al-Hoshimiyni bosh qozi etib tayinlagan; ; ..

850-yilda Mutavakkil zimmiylarni (xristianlar va yahudiylarga) musulmonlardan farqlash uchun alohida kiyim kiyishni, ibodat joylarini vayron qilishni va eshiklariga iblis suratlarini mixlashni hamda ularga hukumat yoki mansabdor shaxslar faoliyati masalalariga juda kam aralashishga ruxsat berish haqida farmon chiqargan.

Mutavakkil zardushtiylarning qadimiy muqaddas sarvlari bo‘lmish Kashmar sarvlarini zardushtiylar jamoasining katta e’tirozlariga qaramay, o‘zining yangi saroyi qurilishida foydalanish uchun kesib tashlashni buyurganMary Boyce, Zoroastrians: Their Religious Beliefs and Practices, (Routledge Kegan Paul Ltd, 1979), 158.. Oʻsha vaqtda yoshi 1400-yildan oshgan sarv zardushtiylar uchun afsonaviy ahamiyatga ega boʻlib, jannatdan yerga Zardusht tomonidan olib kelingan deb ishonilgan. Mutavakkil yangi saroyiga sarv daraxti yetib kelmasidan oldin oʻldirilganMary Boyce, Zoroastrians: Their Religious Beliefs and Practices, 158..

Yutuqlari thumb|Mutavakkil Abbosiylar poytaxti Samarrani kengaytirgan. Xalifa shaharning Mutavakkiliyya deb nomlangan yangi va muhim qismiga asos solgan.

Mutavakkil ukasi va otasiga oʻxshamagan. Chunki u ilmga chanqoq boʻlmagan, lekin ulugʻvorlik va qurilishga ishtiyoqi baland boʻlgan. Samarra Katta masjidi oʻz vaqtida dunyodagi eng katta masjid boʻlgan. Masjid minorasi balandligi 55 metr, spiral rampasi boʻlgan ulkan spiral konus boʻlgan. Masjid 17 ta yoʻlakdan iborat boʻlib, devorlari toʻq koʻk rangli oynadan yasalgan mozaikalar bilan qoplangan.

thumb|right|Mutavakkil tomonidan qurilgan Samarra Katta masjidining (Iroq) spiral minorasi. 9-10-asrlarda dunyodagi eng katta masjid boʻlgan.

Katta masjid Samarraning sharqqa tomon kengayishining bir qismi boʻlib, devor bilan oʻralgan qirollik ov bogʻining bir qismida qurilgan. Mutavakkil 20 taga yaqin saroy qurgan (hujjatlardagi raqamlar turlicha). Samarra qadimgi dunyoning eng yirik shaharlaridan biriga aylangan. Hatto, shahar xarobalari joylashgan arxeologik hudud dunyodagi eng katta arxeologik maydonlardan biri hisoblanadi. Xalifaning qurilish maydonlari hijriy 245-yilda (859–860) qurilgan yangi shahar – Ja’fariyagacha cho‘zilgan bo‘lib, Mutavakkil Dajla bo‘yida Samarradan o‘n sakkiz kilometr uzoqlikda qurilishlar qilgan. Mutavakkil Dajla daryosi suvini burish uchun kanal qurishni buyurib, loyihani ikki saroy amaldoriga topshirgan. Amaldorlar mahalliy obroʻli muhandisga ishonch bildirmay, ishni buyuk astronom va yozuvchi al-Fargʻoniyga topshirgan. Jamoat ishlari boʻyicha mutaxassis boʻlmagan Al-Fargʻoniy notoʻgʻri hisob-kitob qilgan va kanalning ochilish joyi juda chuqur boʻlib, daryodan suv faqat toshqin paytida oqishi mumkin boʻlgan.

Yangilik xalifani gʻazablantirgan. Sanad ibn Ali ismli muhandis oʻz hayotini xatarga qoʻyib, loyihaning yakuniy muvafaqqiyatiga kafolat berishi amaldorlarning hayotini saqlab qolgan. Mutavakkil xatolik ommaga oshkor bo‘lishidan biroz oldin o‘ldirilgan.