Ummu Salama binti Yaʼqub al-Maxzumiy () – Abbosiylar sulolasining asoschisi, birinchi abbosiy xalifasi al-Saffohning asosiy rafiqasi. Ummu Salama xalifalik tarixida har ikkala Umaviylar va Abbosiylar sulolasi vakili bilan nikoh orqali aloqada boʻlgan yagona ayol hisoblanadi.
Ajdodi Ummu Salama binti Yaʼqub ibn Salama ibn Abdulloh ibn al-Volid Quraysh qabilasining Banu Maxzum urugʻidan Valid ibn al-Validning (Xolid ibn Validning ukasi) toʻrtinchi avlodi boʻlgan. Otasi Yaʼqub ibn Salama Ayyub ibn Salamaning ukasi edi. Ummu Salamaning otasi va amakisi Banu Maxzumning koʻzga koʻringan vakillaridan boʻlishgan.
Biografiyasi Ummu Salama umrining dastlabki yillarini Makka va Madinada oʻtkazgan. U xalifa al-Volid ibn Abdulmalikning oʻgʻli, Umaviylar shahzodasi Abdulazizga () turmushga chiqqan, biroq uning eri 728 yoki 729-yillarda vafot etgan. Keyinchalik Ummu Salama xalifa Hishom ibn Abdulmalikning oʻgʻli Umaviylar shahzodasi Maslama () bilan oila qurgan, biroq Maslama ham 740-yillarda vafot etgan. Ummu Salamaning Maslamadan Said ismli oʻgʻli boʻlgan. Said ilk Abbosiylar xalifaligi davrida roviy boʻlgan.
Maslamaning vafotidan keyin Ummu Salama birinchi abbosiy xalifasi as-Saffahga () turmushga chiqqan. As-Saffoh Ummu Salamaga uylangan vaqtda hali xalifa boʻlmagan edi. As-Saffoh Ummu Salamani qattiq yaxshi koʻrgan, boshqa xotinlari orasida hech kimni Ummu Salamadek koʻrmagan. To xalifalikni qabul qilguniga qadar barcha masalalarda xotini bilan maslahatlashgan. As-Saffoh va Ummu Salamaning Muhammad ismli oʻgʻli va Rayta bint as-Saffoh ismli qizi boʻlgan. 761-yilda xalifa al-Mahdiy Xurosondan qaytgach, Raytaga uylangan, Rayta uning birinchi xotini boʻlgan. Shunday qilib, Ummu Salama al-Mahdiyning qaynonasiga aylangan.
754-yilda as-Saffoh vafotidan keyin Ummu Salama abbosiylarning boshqa aʼzosiga turmushga chiqqan boʻlishi mumkin.
Oilasi Yaʼqub ibn Salamaning qizi Ummu Salamaning xalifa Hishomning oʻgʻli Maslama va birinchi abbosiy xalifasi as-Saffah bilan nikoh orqali qarindoshlik aloqalari boʻlgan. Har ikkalasidan ham farzand koʻrgan. Qizi Rayta abbosiylarning uchinchi xalifasi al-Mahdiyga turmushga chiqqan va Ubaydulloh va Ali ismli oʻgʻillarini dunyoga keltirgan. No.Oila aʼzolariQarindoshligi1Yaʼqub ibn SalamaOtasi2Ayyub ibn SalamaAmakisi3Saʼid ibn MaslamaMaslama bilan boʻlgan nikohidan tugʻilgan oʻgʻli4Muhammad ibn Abdulloh as-SaffohAs-Saffoh bilan boʻlgan nikohidan tugʻilgan oʻgʻli5Rayta bint Abdulloh as-SaffohAs-Saffoh bilan boʻlgan nikohidan tugʻilgan qizi6Al-MahdiyKuyovi7Ubaydulloh ibn al-MahdiyNevarasi8Ali ibn al-MahdiyNevarasi9Al-Abbos ibn Abdulloh as-SaffohOʻz yoki oʻgay oʻgʻli
Yana qarang
Arva binti Mansur al-Himyariy
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Banu Maxzum Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari Turkum:Abbosiy xalifalarning xotinlari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr ayollari Turkum:8-asrda tugʻilganlar