Yangiqishloq – Oʻzbekiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi mahalla. Chimqoʻrgʻon suv omboriga yaqin hududda joylashgan. Mahallada 22-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi hamda 6-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud.

Tibbiyoti Mahallada 59-oilaviy poliklinikaning qishloq filliali mavjud.

Yoʻl qurilishi Mahalla aholisining saʼy-harakatlari bilan „Tashabbusli byudjet“ loyihasi orqali mahalla hududidagi 2,5 km yoʻlni asfalt qilish uchun 1 milliard 200 million soʻm mablagʻ yutib olingan.

Manbalar

Turkum:Chiroqchi tumanidagi mahallalar