The Golden Horde: Survival — chiqarilishi kutilayotgan birinchi shaxsdan oʻynaladigan sarguzasht RPG videooʻyin. Oʻyin voqea-hodisalari Moʻgʻullar davlati bosib olgan oʻrta asrlardagi Markaziy Osiyo hududida yuz beradi.

XIII asrga kelib Moʻgʻul davlatida siyosiy mashmashalar avj oladi. Hokimiyatni ikkita katta moʻgʻul urugʻlari boʻlib olishi natijasida Oʻrta Osiyoda yashovchi turkiylar oʻzlariga kuchli tomonni tanlab, ular bilan til biriktirishiga toʻgʻri keladi. 1250-yilda tomonlarning manfaati toʻqnash kelgan Qoʻshrabot va Paqir kabi talash yerlardan oʻyin hikoyasi boshlanadi.

Manbalar