Mahfūẓ al-Haqq ibn ʿAziz al-Haqq ibn Irshod ʿAli ad-Dakaviy ( 1969-yil noyabrda tugʻilgan), yoki oddiygina Mahfuzul Haq (), Bangladeshlik Deobandiy islom olimi, siyosatchi, pedagog va notiq. U Hefazat-e-Islom Bangladesh sobiq vitse-prezidenti, Befaqul Madarisil Arabiya bosh kotibi, Jamia Rahmoniya Arabiya kansleri va mintaqaviy Qavmiy taʼlim kengashi prezidenti hisoblanadi. U, shuningdek, Al-Hayatul Ulya doimiy qoʻmitasining aʼzosi va Bangladesh Xelafat Majlisining bosh kotibi boʻlgan.
Yoshlik yillari va oilasi Mahfuzul Haq 1969-yil noyabrda Dakkaning Azimpur shahrida tugʻilgan. U Munshiganjning Louxajang shahridagi Bhirich Xon qishlogʻidan boʻlgan Bengal musulmon qodis oilasiga mansub. Uning otasi Azizul Haq Xelafat majlisining asoschisi va Sahihi Buxoriyning birinchi bengalcha tarjimoni edi. Mamunul Haq uning ukasi, Bangladeshdagi nufuzli islomiy notiq va siyosatchi.
Taʼlimi Boshlangʻich taʼlimni otasi Azizul Haqdan olgan. Keyin Azimpur Chan-Tara Hefz madrasasiga qabul qilingan. Abdulmatin qoʻl ostidaligida 11 yoshida Qur’onni yod olgan.
Keyin u Jamiya Quraniya Arabiya Lalbagʻga qabul qilingan. 1984-yilda 14 yoshida Hofizzi Huzur boshchiligidagi Ershodga qarshi harakatga qoʻshilgan va hibsga olingan.
1986-yilda Bara Katara madrasasiga oʻqishga qabul qilinadi. Keyinchalik u otasi Azizul Haq tomonidan asos solingan Jamiya Muhammadpurga koʻchib oʻtadi. U Jamiya Rahmoniya Arabiya nomidagi Sat Gambuj masjidiga oʻtgan. U 1991-yilda Jamiya Rahmoniyada Hadis boʻyicha magistrlik darajasini tamomlagan. 1992-yilda Dorul Ulum Deobandga borib, ikkinchi marta Hadis fanlari boʻyicha magistraturada tahsil olgan.
Faoliyati Oʻz taʼlimni tamomlagach, mehnat faoliyatini 1993-yilda Dakka shahridagi Jamiya Rahmoniya Arabiyada oʻqituvchi sifatida boshlagan, u yerda „Islom huquqi va tadqiqotlari“ kafedrasida tahsil olgan va tasdiqlangan sertifikat bilan muftiy boʻlgan.
2000-yilda Azizul Haq „Jamiya haqiqati“ nomli madrasa ochadi va unga mudir etib tayinlanadi. 2001-yilda u Jamiya Rahmoniya direktorining yordamchisi, 2002-yilda esa kansler lavozimiga koʻtarildi. 2005-yilda Befaqul Madarisil Arabiyaning qoʻshma bosh kotibi etib saylangan va 2020-yil 3-oktabrda bosh kotib etib tayinlangan.
Jamiya Rahmoniyaning oʻqituvchisi etib tayinlanganidan keyin u Xelafat majlisi siyosatiga aralashadi. 2005-yilda ushbu partiyadan „Majolis-e-Shoʻro“ga aʼzo etib saylangan. 2012-yilda vitse-prezident, 2013-yilda esa bosh kotib etib tayinlangan. Befaq bosh kotibi etib saylanganidan soʻng, konstitutsiyaga koʻra, 2020-yil 10-oktabrda Xelafat bosh kotibligidan isteʼfoga chiqqan.
Bangladesh qonuni unga Al-Hayatul Ulya Lil-Jamiyatil Qavmiya Bangladesh doimiy qoʻmitasi aʼzosi boʻlish huquqini bergan.
Oilasi U toʻrt farzandning otasi boʻlib, oilasining barcha aʼzolari hofizlardir. Manbalar
Havolalar
Turkum:Sunniy musulmon ulamolar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Deobandiylar Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:Dorul Ulum Deoband bitiruvchilari Turkum:Jamiya Quromiya Arabiya Lalbagʻ