Pol Pot ( – taxallusi, Shimoliy Kambodja xalqi yoki plantatsiyalardagi qullar uchun kambodjacha nom), haqiqiy ismi – Salot Sar; (1925-yil yoki 1928-yil 19-may, Prek Sbauv, Fransiyaning Kambodja protektorati, Fransiya Hindixitoyi – 1998-yil 15-aprel, An Long Veng, Oddar Meanchey viloyati) – kambodjalik siyosat va davlat arbobi, Kambodja Kommunistik partiya Markaziy qoʻmitasi Bosh kotibi (1963-1981), Kambodja Bosh vaziri (1976-1979), Qizil kxmerlar harakati rahbari. Oʻzini stalincha versiyada marksizm–leninizm izdoshi va Stalinning shogirdi deb hisoblagan, Pol Pot davlat arbobi sifatida shakllanganShort, Philip. Pol Pot: The History of a Nightmare. – London: John Murray, 2004. – P. 65—67, 147. – ISBN 978-0719565694.Chandler, David P. Brother Number One: A Political Biography of Pol Pot. – Boulder, San Francisco, and Oxford: Westview Press, 1992. – P. 34. – ISBN 0-8133-0927-1.. Xuddi shu sababdan SSSRning Stalindan keyingi rahbariyatini revizionizm va haqiqiy marksizm-leninizmdan ogʻgan deb tanqid qiladi. Natijada Qizil kxmerlarning SSSR va sotsialistik lagerning koʻpgina boshqa mamlakatlari bilan munosabatlarida dushmanlik yuzaga kelgan, uning rejimi tashqi siyosatida Xitoyning yordamiga tayangan.
Pol Pot boshchiligida kommunizm qurish maqsadi bilan jamiyatni tubdan qayta qurishga harakat qilindi, bu ommaviy qatagʻon, etnik tozalash va ocharchilik bilan kechadi. Uning hukmronligi davridagi voqealarda, turli maʼlumotlarga koʻra, 1 milliondan 3 milliongacha odam halok boʻlganMarek Sliwinski, Le Génocide Khmer Rouge: Une Analyse Démographique (L’Harmattan, 1995).Banister, Judith, and Paige Johnson (1993). „After the Nightmare: The Population of Cambodia.“ In Genocide and Democracy in Cambodia: The Khmer Rouge, the United Nations and the International Community, ed. Ben Kiernan. New Haven, Conn.: Yale University Southeast Asia Studies.. Keyinchalik ushbu hodisa Kambodja genotsidi deb nomlana boshlangan. 1979-yilda Vyetnam istilosi natijasida qizil kxmerlar rejimi hokimiyatdan olib tashlangan. Pol Pot Kambodja oʻrmonlarida yashiringan hamda keyingi yillarda Vyetnam va u qoʻllab-quvvatlagan rejimga qarshi kurashgan tashkilotga rahbarlik qilishda davom etgan. 1998-yilda Pol Pot oʻz sheriklari tomonidan uy qamogʻiga olingan va koʻp oʻtmay vafot etgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti koʻmagida tuzilgan sud keyinchalik uning bir qator sheriklarini genotsidda ayblab hukm qilgan boʻlsa-da, Pol Pot javobgarlikka tortilmadi. Manbalar
Turkum:Kambodjalik siyosatchilar Turkum:Kambodjada tugʻilganlar Turkum:Kambodjada vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar