thumb|430x430px|Tojikistonning davlat chegaralari koʻrsatilgan xaritasi

thumb| Qirgʻiz-tojik chegara punktining, Qirgʻizistonning Laylak tumanidan koʻrinishi. Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasi Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi xalqaro chegara hisoblanadi. Uzunligi va Oʻzbekiston va Xitoy bilan chegara nuqtasigacha davom etadi.

Tavsifi Chegara shimoldan Fargʻona vodiysidagi Oʻzbekiston bilan uchtomonlama chegara nuqtasidan boshlanadi. Taxminan gʻarbga qarab choʻzilgan, Chorkoʻh shaharchasida Tojikistonning keskin chiqib turgan qismi bor, u deyarli Qayroqqum suv omboriga qadar choʻzilgan, ammo suv ombori bilan chegara oʻrtasida Tojikiston hududining ingichka bir qismi joylashgan. Soʻngra, Tojikistonning Lolazor anklavi yaqinida janubga buriladi va Turkiston tizmasiga yetganidan keyin keskin sharqqa buriladi. Chegara bu tizmani, shuningdek, Oloy va Orqa Oloy tizmalariga, sharqqa Xitoy bilan uchtomonlama chegara nuqtasigacha boradi.

Eksklavlar Chegarada Qirgʻiziston hududida Tojikistonning ikkita eksklavi mavjud: Vorux va Qayragʻoch.

Tarixi right|thumb|300x300px| Sovet Markaziy Osiyosi 1922-yilda milliy chegaralanishdan oldin

Mintaqani milliy-hududiy chegaralash (MHCh) 1920-yildayoq taklif qilingan ediBergne, Paul (2007) The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic, IB Taurus & Co Ltd, pg. 40-1Starr, S. Frederick (ed.) (2011) Ferghana Valley – the Heart of Central Asia Routledge, pg. 105. Oʻsha vaqtda Oʻrta Osiyo RSFSR tarkibidagi ikkita Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasidan iborat edi: 1918-yil aprelda tashkil etilgan va hozirgi Janubiy Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Tojikiston hududining katta qismini, shuningdek Turkmanistonni qamrab olgan Turkiston ASSR hamda 1920-yil 26-vgustda tashkil etilgan va hozirgi Qozogʻistonning shimoliy qismiga toʻgʻri keladigan Qirgʻiziston ASSR (u vaqtda qozoqlar „qirgʻiz“, hozirgi qirgʻizlar esa qoraqirgʻiz – togʻda yashovchi qirgʻiz deb atalgan). Ayni paytda Buxoro amirligi va Xiva xonligining ikkita alohida voris „respublikalari“ ham bor edi, ular 1920-yilda Qizil armiya tomonidan egallab olinishi natijasida Buxoro va Xorazm Xalq Sovet Respublikalariga aylantirilganBergne, Paul (2007) The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic, IB Taurus & Co Ltd, pg. 39.

1924-yil 25-fevralda Sovet Ittifoqi Siyosiy byurosi va Markaziy Qoʻmitasi Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish siyosati davom ettirilishini eʼlon qildiEdgar, Adrienne Lynn (2004) Tribal Nation: The Making Of Soviet Turkmenistan, Princeton University Press, pg. 55Bergne, Paul (2007) The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic, IB Taurus & Co Ltd, pg. 42. Bu jarayonni Markaziy Osiyo byurosining maxsus qoʻmitasi nazorat qilishi, mintaqadagi asosiy millatlar (qozoqlar, turkmanlar va oʻzbeklar) har biri uchun uchta kichik qoʻmitadan iborat boʻlib, oʻsha paytda juda tez ish olib borishi kerak ediEdgar, Adrienne Lynn (2004) Tribal Nation: The Making Of Soviet Turkmenistan, Princeton University Press, pg. 54Edgar, Adrienne Lynn (2004) Tribal Nation: The Making Of Soviet Turkmenistan, Princeton University Press, pgs. 52-3Bergne, Paul (2007) The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic, IB Taurus & Co Ltd, pg. 92Starr, S. Frederick (ed.) (2011) Ferghana Valley – the Heart of Central Asia Routledge, pg. 106Khalid, Adeeb (2015) Making Uzbekistan: Nation, Empire, and Revolution in the Early USSR, Cornell University Press, pg. 271-2. Xorazm va Buxoro SSRlarini saqlab qolish imkoniyati dastlabki rejalarga kiritilgan, biroq 1924-yil aprel oyida ularni boʻlishga qaror qilindi. Bu qarorga, ayniqsa Xorazm Kommunistik partiyasi tomonidan kuchli qarshilik bildirildi. Xorazm SSRni tugatishga rozi boʻlish uchun ularning oʻzlari ham bosim ostida ovoz berishga majbur boʻldi va bu jarayon 1924-yil iyul oyida yakunlandiEdgar, Adrienne Lynn (2004) Tribal Nation: The Making Of Soviet Turkmenistan, Princeton University Press, pgs. 56-8.

thumb|300x300px| Tojikiston eksklavlari koʻrsatilgan xarita; Qayragʻoch eng chap tomonda kichikroq Hozirgi koʻrinishdagi chegara 1929-yilda chizilganBergne, Paul (2007) The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic, IB Taurus & Co Ltd, pg. 55. Qoraqirgʻiz muxtor viloyati dastlab 1924-yil oktyabrda Rossiya SSR tarkibida boʻlib, chegaralari hozirgi Qirgʻiziston chegaralariga toʻgʻri keladi. 1925-yil may oyida Qirgʻizi muxtor viloyati deb oʻzgartirildi, keyin 1926-yilda Qirgʻiziston ASSR (Qozogʻiston ASSRning birinchi nomi boʻlgan Qirgʻiziston ASSR bilan adashtirmaslik kerak), 1936-yilda Qirgʻiziston SSRga aylandiHaugen, Arne (2003) The Establishment of National Republics in Central Asia, Palgrave Macmillan, pg. 167.

Sovetlar etnik jihatdan bir xil respublikalar yaratishni maqsad qilgan; biroq koʻp hududlar (masalan, Fargʻona vodiysi) etnik jihatdan aralash edi va ular baʼzi xalqlarga „toʻgʻri“ etnik belgi qoʻyishda qiyinchiliklarga duch kelishdiBergne, Paul (2007) The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic, IB Taurus & Co Ltd, pg. 44-5Edgar, Adrienne Lynn (2004) Tribal Nation: The Making Of Soviet Turkmenistan, Princeton University Press, pg. 47. Shunga qaramay, mintaqaviy elita qatʼiy chegara qoʻyish tarafdori boʻlib, mutaxassislar bilimining yetishmasligi va mintaqa toʻgʻrisidagi aniq yoki dolzarb etnografik maʼlumotlarning kamligi tufayli ish yanada murakkablashdiEdgar, Adrienne Lynn (2004) Tribal Nation: The Making Of Soviet Turkmenistan, Princeton University Press, pg. 53. Bundan tashqari, MHCh iqtisodiy, geografik, qishloq xoʻjaligi va infratuzilma masalalari etnik kelib chiqishi bilan bogʻliq boʻlmagan (va baʼzan ulardan ustun turadigan) „yashovchan“ obyektlarni yaratishni maqsad qilganBergne, Paul (2007) The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic, IB Taurus & Co Ltd, pg. 43-4Starr, S. Frederick (ed.) (2011) Ferghana Valley – the Heart of Central Asia Routledge, pg. 112.

Xalqaro chegara

Ikki davlat oʻrtasidagi chegara 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanib, uning tarkibiga kiruvchi respublikalar mustaqillikka erishgach, xalqaro chegaraga aylandi. Mustaqillikdan keyingi davrda chegaralarni delimitatsiya qilish va nazorat qilish bogʻliq keskinliklar, ayniqsa, Oʻzbekiston islomiy harakati (OʻIH) 1999/2000-yillarda Tojikiston hududidan Qirgʻizistonga bostirib kirganidan soʻng keskinliklar kuzatildi. Hozirda chegarani delimitatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

Bu keskinlik, birinchi navbatda, har bir davlat hududidagi resurslardan foydalanish, ayniqsa suv bilan bogʻliq boʻlgan mojarolarga olib keldi. 2004-yildayoq Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi chegaradagi toʻqnashuvlar mahalliy OAVlarda yoritila boshlandi, 2004-yildan 2015-yilgacha boʻlgan davrda 70 dan ortiq chegara bilan bogʻliq voqealar qayd etilgan. Keyinchalik bu mojaro 2021-yilning aprel-may oylarida uch kunlik jangga aylanib, 55 kishining hayotiga zomin boʻldi va 33-58 mingdan ortiq qirgʻizistonlik tinch aholini Botken viloyatidan evakuatsiya qilinishiga olib keldi. Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi toʻqnashuvlar 2022-yil davomida tez-tez uchrab turdi. 14–20-sentyabr kunlari qarama-qarshilik bilan avj pallasiga chiqdi, natijada 137 000 qirgʻiz fuqarosi chegara hududini tashlab ketishga majbur boʻldi.

Chegara oʻtish nuqtalari

Botken (KGZ) – Isfara (TJK) (avtomobil yoʻli) Qulundu (KGZ) – Ovchi qal’a (TJK) (avtomobil yoʻli) Madaniyat (KGZ) – Madaniyat (TJK) (avtomobil yoʻli) Qaramiq (KGZ) – Darutqoʻrgʻon (TJK) (avtomobil yoʻli) Qizilart (KGZ) – Qizilart (TJK) (avtomobil yoʻli)

Chegara yaqinidagi aholi punktlari

Qirgʻiziston

Botken Samarqandiq Sentralnoye Qulundu Sulukta Samat Oqsuv Koʻktosh Qora-Teyit Qaramiq

Tojikiston

Lakkon Kulkent Navgilam Isfara Surh Chorkoʻh Shoʻrob Xistevarz Gʻofurov Mehrobod Mujum Daxkat Rosrovut

Tarix xaritalar Qirgʻiz SSR–Tojik SSR chegarasining ingliz tilidagi tarixiy xaritalari, 20-asr oʻrtalari va oxiri:

Yana qarang

Qirgʻiziston — Tojikiston munosabatlari

Manbalar

Turkum:Xalqaro chegaralar Turkum:Tojikiston chegaralari Turkum:Sovet Ittifoqining ichki chegaralari Chegara

Tojikiston