Emmanuel Yaghr (; 13-avgust 1998-yil, Gana) – ganalik futbolchi, „Dinamo“ klubi hujumchisi.

Biografiya Gananing „Kristal Pelas“ klubi akademiyasi bitiruvchisi. 2017-yilda u Gruziyaning „Guriya“ jamoasiga kelib, mamlakatning quyi ligalarida oʻynagan. 2021-yildan Qirgʻizistonning „Alay“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Jamoa bilan birgalikda 2021-yilgi AFC kubogi guruh bosqichining uchta oʻyinida ishtirok etdi. 2022-yil 28-oktabr holatiga koʻra, u Qirgʻiziston chempionatining 2022-yilgi mavsumining eng yaxshi toʻpurari. 2023-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ jamoasidan futbolchiga qiziqsh bildirildi va 24-dekabrda „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Yutuqlar

Qirgʻiziston kubogi finalchisi: 2023

Manbalar

Havolalar Emmanuel Yaghr Transfermarkt saytida futbolchi profili

Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:13-avgustda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Ganalik erkak futbolchilar Turkum:FC Abdysh-Ata Kant futbolchilari Turkum:Churchill Brothers FC Goa futbolchilari Turkum:FC Alay futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qirgʻizistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gruziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar