Musulmonlarning Sitsiliyani zabt etishi 827-yil iyunda boshlanib, 902-yilda oroldagi soʻnggi yirik Vizantiya qoʻrgʻoni Taormina qulashiga qadar davom etdi. Alohida qalʼalar 965-yilgacha Vizantiya qoʻlida qolgan boʻlsa-da, orolni 11-asrda Normannlar bosib olgunga qadar musulmonlar hukmronligi ostida boʻldi.
Sitsiliyaga 7-asrning oʻrtalaridan boshlab musulmonlar bostirib kirgan boʻlsa-da, bu yurishlar orol ustidan Vizantiya nazoratiga tahdid solmay, orolda asosan tinchlik hukm surgan. 827-yilda orol floti qoʻmondoni Euphemius Vizantiya imperatori Mixail IIga qarshi qoʻzgʻolon ko'targanida Ifriqiyaning Agʻlobiy amirlari uchun qulay imkoniyat paydo boʻldi. Imperiyaga sodiq kuchlar tomonidan magʻlubiyatga uchratilib, oroldan haydalgan Euphemius Agʻlobiylardan yordam soʻradi. Buni hududni kengaytirish va zaif harbiy tuzilmalar kuchlarini yoʻnaltirib, jihodni himoya qilish orqali islom ulamolarining tanqidlarini yengillashtirish imkoni deb bilgan Agʻlobiylar unga yordam berish uchun qoʻshin yubordi. Arablar orolga tushganidan koʻp oʻtmay Euphemius vazifasidan chetlatildi. Orolning markazi Sirakuzaga qilingan dastlabki hujum muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Musulmonlar Vizantiyaning qarshi hujumiga bardosh bera oldilar va bir nechta qalʼalar ustidan nazoratni saqlab qolishdi. 831-yilda Ifriqiya va Andalus qoʻshinlari birgalikda keyinchalik yangi musulmon viloyatining poytaxti boʻlgan Palermoni egallab olishdi.
Vizantiya hukumati mahalliy aholiga musulmonlarga qarshi kurashda yordam berish uchun bir necha ekspeditsiya yubordi. Biroq, bu qoʻshinlar sharqiy chegarada Abbosiylar va Egey dengizidagi Krit sarasenlariga qarshi kurash olib borish bilan mashgʻul boʻlib, keyingi oʻttiz yil davomida Vizantiya mulkiga deyarli qarshiliksiz bostirib kirgan musulmonlarni quvib chiqarish uzoq davom etmadi. Orol markazidagi kuchli Enna qalʼasi 859-yilda qoʻlga kiritilgunga qadar Vizantiyaning musulmon ekspansiyasiga qarshi asosiy qalʼasi boʻlgan. Qalʼaning qulashi ortidan musulmonlar orolning sharqiy qismlariga bosimlarni kuchaytirib, uzoq qamaldan keyin 878-yilda Sirakuzani egallab oldilar. Vizantiyaliklar bir necha oʻn yillar davomida orolning shimoliy-sharqiy qismidagi baʼzi qalʼalarni nazorat qilishdi va 11-asrgacha orol ustidan nazoratni qayta tiklash uchun bir qator harakatlar boshladilar, ammo Sitsiliyada musulmonlar hukmronligiga jiddiy qarshilik koʻrsata olmadilar. 902-yilda Vizantiyaning soʻnggi yirik qalʼasi Taorminaning egallanishi Sitsiliyani musulmonlar bosib olishini yakuniga yetkazdi.
Sitsiliya musulmonlar hukmronligi ostida gullab-yashnadi va oxir-oqibat Ifriqiyadan ajralib, yarim mustaqil amirlik boʻldi. Orolning musulmon jamoasi 1060-yillarda Norman istilosidan omon qolib, hatto Norman qirollari davrida ham gullab-yashnadi va oʻziga xos madaniy aralashmani yuzaga keltirdi. 1220-yillardagi muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolondan soʻng jamoa Luceraga surgun qilindi.
Tarixi
Rim imperiyasi davrida Sitsiliya tinch va gullab-yashnagan orol edi. Orol 5-asrda Vandal qirolligi|Afrika qirgʻoqlari]]dan kelgan vandallarning hujumlaridan aziyat chekdi. 535-yilda orol Vizantiya nazorati ostiga oʻtdi. Got urushida ostgotlar bosqiniga uchradi, ammo undan soʻng tinchlik hukm surdi. Dengiz bilan himoyalangani tufayli orol 6-asr oxiri va 7-asr boshlaridagi Langobardlar bosqinlari natijasida Vizantiya Italiyasiga yetkazilgan vayronagarchiliklardan omon qolib, gullab-yashnayotgan shahar hayoti va fuqarolik boshqaruvini saqlab qoldi. Faqatgina ortib borayotgan musulmon ekspansiyasining tahdidi orolni diqqat markaziga olib chiqdi. Jon Bagnell Bury yozganidek: „Sitsiliya Oʻrta yer dengizining ikki havzasi oʻrtasidagi markaz mavqei nuqtai nazaridan unumdor yer va kerakli mulk boʻlib, orol tijoriy yoki siyosiy jihatdan tajovuzkor har qanday Sharqiy dengiz kuchlari uchun eng muhim obʼektga aylandi. Afrikadagi shuhratparast hukmdorlar uchun orol Italiyaga yoʻl va Adriatika darvozasi edi“.
Binobarin, orolni musulmonlar ancha erta nishonga olishgan edi. Birinchi bosqin 652-yilda, birinchi musulmon floti tashkil etilganidan bir necha yil oʻtgach amalga oshirilgan. Musulmonlarning Shimoliy Afrikaga qarshi hujumlari boshlanganidan soʻng, orol muhim strategik bazaga aylandi. Bir muncha vaqt, 661—668-yillarda Konstans II davrida imperator qarorgohi ham boʻldi. Taxminan 690-yillarda fem sifatida tashkil etilgan orolning boshqaruvchi strateglari Italiyaning janubiy qismidagi tarqoq mulklar ustidan nazoratni oʻz zimmasiga oldi. Keyinchalik, ayniqsa, 8-asr birinchi yarmida orolga bosqinlar boshlandi. Biroq, musulmonlar Shimoliy Afrikani zabet etishni tugatib, Hispaniya hududlariga oʻtganlariga qadar orol jiddiy xavf ostida qolmadi. 752—753-yillarda orolga kuch bilan bostirib kirib, orol va Sardiniyani birinchi marta qoʻlga kiritishga uringan Ifriqiyaning abbosiy noibi Abdurrahmon al-Fihriy edi. Biroq bosib olish rejasi Berber qoʻzgʻoloni tufayli amalga oshmagan. 799-yilda Agʻlobiylar sulolasi asoschisi Ibrohim ibn al-Agʻlob Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashid Ifriqiyaning avtonom amiri mavqeini tan olishini taʼminlab, shu bilan hozirgi Tunis hududida joylashgan amalda mustaqil davlat barpo etdi. 805-yilda Ibrohim Vizantiya tayinlagan Sitsiliya gubernatori bilan oʻn yillik sulh tuzdi. Sulh Ibrohimning oʻgʻli va vorisi Abdulloh I tomonidan 813-yilda yangilandi. Bu vaqt ichida Agʻlobiylar Sitsiliyaga qarshi jiddiy hujum uyushtirish masalasida gʻarbda Idrisiylar bilan raqobat qilish bilan ovora boʻldilar. Qolaversa, Sitsiliya va Ifriqiya oʻrtasidagi tijorat harakati va orolda arab savdogarlari mavjudligi haqida maʼlumotlar mavjud.
Euphemius qoʻzgʻoloni
thumb|upright=1.35|alt=Map of Europe and the Mediterranean basin showing the polities of the year 814 in various colours|9-asr boshlaridagi Yevropa va O‘rta yer dengizi xaritasi
Sitsiliyaga bostirib kirish uchun sabab orol floti qoʻmondoni Euphemiusning turmachilari qoʻzgʻoloni boʻldi. Keyinchalik, ehtimol yolgʻon maʼlumotlarga koʻra, Euphemius rohibaga boʻlgan ishtiyoq tufayli uni oʻziga turmushga chiqishga majbur qilgan. Rohibaning akalari imperator Mixail IIga norozilik bildirgach, Vizantiya hukmdori orolning strategosi Konstantin Sudasga masalani tekshirib, agar ayblovlar asosli deb topilsa, jazo sifatida Euphemiusning burnini kesib tashlashni buyurdi. Euphemius Afrika qirgʻoqlariga qarshi dengiz yurishidan qaytgach, hibsga olinishi kerakligini bilib qoldi. Buning oʻrniga, Sirakuzaga suzib borib, shaharni egalladi. Bu vaqtda gubernator yashirindi. Euphemius tez orada orol harbiy rahbariyatining katta qismi qoʻllab-quvvatlashiga muvaffaq boʻldi. Euphemius Konstantinning orolni qaytarib olishga urinishini qaytarib, gubernatorni Kataniyaga qochishga majbur qildi. Euphemius qoʻshinlari Konstantinni Kataniyadan ham quvib chiqarishdi va oxir oqibat uni qoʻlga olib, qatl etishdi. Shundan soʻng Euphemius imperator deb eʼlon qilindi. Tarixchi Aleksandr Vasiliyev Euphemius qoʻzgʻolonining kelib chiqishi haqidagi „romantik“ hikoyaga shubha qilgan va shuhratparast general Vizantiya markaziy hukumati Foma Slavyanin qoʻzgʻoloni tufayli zaiflashgan va musulmonlar Kritni bosib olish bilan mashgʻul boʻlgan qulay paytdan foydalanib, hokimiyatni oʻz qoʻliga olishga harakat qilgan deb hisoblaydi.
Biroq, bu vaqtda Euphemiusni eng yaqin va kuchli ittifoqchilaridan biri, arab manbalarida „Balata“ deb atalgan (Vasilevning soʻzlariga koʻra, unvonining buzilgan talaffuzi boʻlishi kerak, Treadgold esa Platon deb atagan) va uning amakivachchasi, Palermo qoʻmondoni Michael tark etdi. Ushbu ikki shaxs Euphemiusning imperator unvonini tortib olganini qoraladi. Sirakuzaga yurish qilib, Euphemiusni magʻlub etdi va shaharni egalladi.
Afinalik Irene boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtarganlardan biri Elpidius singari Euphemius ham imperiya dushmanlari orasidan boshpana izlashga qaror qildi va tarafdorlari bilan Ifriqiyaga suzib ketdi. U yerda Agʻlobiylar saroyiga delegatsiya yuborib, Agʻlobiy amiri Ziyodatullohdan Sitsiliyani zabt etishga yordam uchun qoʻshin ajratishni soʻradi. Shundan soʻng Agʻlobiylarga yillik soliq toʻlay boshladi. Bu taklif arab koʻchmanchilari va berberlar oʻrtasida uzoq vaqtdan beri davom etayotgan etnik ziddiyatlarga, arab hukmron elitasi (jund) ichidagi kelishmovchilik va qoʻzgʻolonlarga duch kelgan, shuningdek dunyoviy muammolar bilan mashgʻul boʻlishlari, „gʻayriislomiy“ soliq tizimi va dabdabali turmush tarzi [Molikiylik|molikiy]] ulamolari tanqidiga uchragan Agʻlobiylar uchun ajoyib imkoniyat boʻldi. Darhaqiqat, Euphemius kelgan vaqtda Ziyodatulloh Mansur at-Tunbudiy boshchiligidagi uch yil davom etgan jundlarning xavfli qoʻzgʻolonini endigina bostirgan edi. Aleks Metkalf yozganidek, „Aleks Metkalf yozganidek, “Islom chegaralarini kofirlar hisobiga kengaytirish uchun jihod qilish orqali, jumladan 711-yildan Pireney yarim orolining bosib olinishidan keyingi birinchi marta faqihlarning tanqidini pasaytirishlari mumkin edi. Shu bilan birga, Agʻlobiylar yangi ishchi kuchi va boylik manbalarini taʼminlash maqsadida Ifriqiya-Sitsiliya yoʻnalishi boʻylab notinch jundning halokatli kuchlarini yoʻnaltirishlari ham mumkin edi“.
Ziyodatullohning bu masaladagi kengashi ikkiga boʻlindi. Oxir-oqibat Qayravonning hurmatli qozisi Asad ibn al-Furot oʻz fikrini qoʻllab-quvvatlash uchun Qurʼondan iqtiboslar bilan aytgan nasihatlari ularni chalgʻitdi. Asad harbiy lavozimga toʻgʻri kelmaydigan qozilik lavozimini saqlab qolib, yurishning rahbari boʻldi. Musulmon harbiy kuchlari oʻn ming piyoda askar va yetti yuz otliq qoʻshindan iborat boʻlgan. Qoʻshinda asosan Ifriqiy arablari va berberlar, balki kam miqdorda Xurosoniylar ham boʻlgan. Flot yetmish yoki yuzta kemadan iborat bo‘lib, ularga Euphemiusning kemalari ham qo‘shilgan edi.
Dastlabki harbiy harakatlar va Palermoning zabt etilishi
Musulmonlarning qirgʻoqqa chiqishi va Sirakuzaning qamal qilinishi (827—828)
827-yil 14-iyunda ittifoqchilar floti Sus koʻrfazidan suzib, uch kundan soʻng Sitsiliyaning janubi-gʻarbiy qismidagi Mazarada qirgʻoqqa tushishdi. U yerda Euphemius askarlari bilan uchrashishdi. Biroq, tez orada ittifoqda kelishmovchiliklar paydo bo‘la boshladi. Musulmon otryadi Euphemiusning ba’zi partizanlarini sodiq qo‘shinlar deya adashib, to‘qnashuv boshlandi. Euphemius qoʻshinlariga oʻziga xos belgi sifatida dubulgʻalariga novda qoʻyishni buyurgan boʻlsa-da, Asad ularsiz yurishni amalga oshirish niyatini eʼlon qildi. Koʻp oʻtmay, oroldagi imperator strateglarining unvonini emas, funktsiyalarini zimmasiga olgan Balata Vizantiya qoʻshinlari bilan orol yaqinida paydo boʻldi. Ikki qoʻshin Mozoraning janubi-sharqidagi tekislikda toʻqnash kelib, bu yerda Asadning askarlari boshliqlarining koʻrsatmalari natijasida gʻalaba qozondilar. Balata birinchi navbatda Enna shahriga, u yerdan Italiyadagi Kalabriyaga chekindi. U materikdan koʻproq qoʻshin toʻplashga umid qilgan boʻlishi mumkin. Biroq, quruqlikka chiqqanidan koʻp oʻtmay Balata vafot etdi.