Sirojiddin Rahmatullayev (; 22-yanvar 1993-yil, Qashqadaryo, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik futbolchi, tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Malayziya Superligasida ishtirok etuvchi „Kelantan United F. C.“ jamoasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati Sirojiddin futbolchilik faoliyatini Muborakning „Mash’al“ klubida 2012-yilda boshlagan. 2013-yildan asosiy jamoa tarkibida muntazam maydongga tusha boshlagan. 2016-yilgi mavsum, yozgi transfer oynasi vaqtida Malayziyaning „ATM“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Ikki mavsum davomida Malayziya Superligasi va Premyer-ligasida oʻynagan. 2018-yilgi mavsumda Qashqadaryo viloyatining boshqa jamoasi, Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi safida oʻynagan. 2020-yilgi mavsumda yana Muborak jamoasiga qaytdi yarim mavsum davomida „Mash’al“ klubida oʻynagan. 2020-yil yoz oyida Bangladeshning „Saif Sporting Club“ klubi safiga oʻtgan va dastlabki mavsumidayoq Bangladesh Federatsiya Kubogi finaligacha yetib bordi va ikkinchi oʻrinni oldi. 2021-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida „Mash’al“ klubiga qaytdi va 2023-yilgacha Muborak jamoasida oʻynagan. 2023-yil yozgi transfer oynasida Malayziyaning „Saif Sporting Club“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Pro Ligasi gʻolibi: 2013 Oʻzbekiston PFL kubogi sohibi: 2014 Bangladesh Federatsiya Kubogi ikkinchi oʻrin: 2020

Manbalar

Havolalar

Sirojiddin Rahmatullayev OʻzPFL saytida futbolchi profili Sirojiddin Rahmatullayev Transfermarkt saytida futbolchi profili Sirojiddin Rahmatullayev Soccerway saytida futbolchi profili Sirojiddin Rahmatullayev Footballfacts saytida futbolchi profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Armed Forces F.C. futbolchilari Turkum:Saif Sporting klubi futbolchilari Turkum:Kelantan United F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Bangladesh Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Bangladeshdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar