Hasyim Asy’ari masjidi – Indoneziyaning Gʻarbiy Jakarta hududidagi Kalideres qismi Semanan shahrida joylashgan masjid. Masjidga Indoneziya Milliy Qahramoni, Nahdlatul Ulama asoschisi Hasyim Asy’ari nomi berilgan. Masjid 2017-yil 15-aprelda Indoneziya Prezidenti Joko Widodo tomonidan ochilib berilgan. Masjid Jakarta shahar maʼmuriyati tomonidan toʻliq boshqariladigan birinchi masjiddir.
Tarixi Joko Widodo 2012-yilda Jakarta gubernatori boʻlganida shaharga tegishli katta masjid qurish gʻoyasini ilgari surgan edi. Keyinchalik Ahok 2013-yil iyun oyida masjid qurilishini ochib berdi. Masjid qurilishiga 12,8 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ sarflangan. U 2017-yil 15-aprelda ochilgan.
Dizayni va jihozlari Masjid islom ustunlari ramzi boʻlgan besh minora tushunchasi asnosida Betavi ornament nuanslari bilan bezatilgan. Masjid tipik Betavi bapang uyi tushunchasini asnosida qurilgan. Binoning shakli ibodat joyining maxsus markaziy qismi bilan „T“ harfini hosil qiladi. Masjidning old tomonida ikkita, oʻng qanotida ikkita, chap qanotida esa bitta minora bor. Masjid qanotlari boshqa inshootlar uchun qurilgan. Markazda bitta katta uchburchak va old tomonda toʻrtta kichik uchburchak shakldagi hududlar mavjud. Masjid majmuasida dehqonchilik uchun keng hovli ajratilgan.
2,4 gektar maydonda qurilgan masjidda jami 12500 kishi namoz oʻqishi mumkin. Masjidda ofis, 1000 kishiga moʻljallangan tadbir zali va kutubxona mavjud.
Yana qarang
Kalideres
Manbalar
Turkum:Gʻarbiy Jakarta Turkum:Jakartadagi masjidlar