Sharqiy Karib Markaziy banki (, ECCB yoki ShKMB) – Sharqiy Karib Davlatlari Tashkilotining aʼzolari boʻlgan Anguilla, Antigua va Barbuda, Dominika, Grenada, Montserrat, Sent Kitts va Nevis, Sent Lyusiya va Sent Vinsent va Grenadinlarga xizmat koʻrsatadigan milliy markaziy bankdir. Yuqoridagi davlatlar ShKMB tomonidan emissiya qilinadigan Sharqiy Karib dollarini valyuta sifatida foydalanadi. (Tashkilotning yana uchta aʼzosi, Britaniya Virgin orollari, Gvadelupa va Martinika boshqa valyutalardan foydalanadi.) ShKMB 1983-yilda Britaniya Karib havzasi valyuta kengashi (1950–1965) va Sharqiy Karib valyuta maʼmuriyati (1965–1983) dan keyin tashkil etilgan. Shuningdek, u oʻz geografik vakolatlari doirasida bank nazoratini amalga oshiradi.

Uning ikkita asosiy mandati Sharqiy Karib iqtisodiy va valyuta ittifoqida (OECS/ECCU) bank tizimini barqarorlashtiruvchi va himoya qiluvchi rolini oʻynab, narx va moliya sektori barqarorligini taʼminlashdan iborat. Bank bosh qarorgohi Sent Kitts orolidagi Baster shahrida joylashgan.

Umumiy kontekst 1946-yilda Gʻarbiy Hindiston valyuta konferensiyasida Barbados, Britaniya Gayanasi, Livard orollari, Trinidad va Tobago va Vindvord orollari amaldagi uchta turli xil Valyuta komissarlari kengashlarining (Barbados (Livard va Vinvord orollari uchun ham xizmat qiladi), Britaniya Gayanasi va Trinidad va Tobago) oʻrniga Vest-Indiya dollariga asoslangan yagona oʻnlik valyuta tizimini yaratishga rozi boʻlishdiWEST INDIES (DECIMAL CURRENCY), 05 June 1946, British House of Commons Hansard. 1950-yilda Trinidadda Britaniya Karib havzasi valyuta kengashi (BCCB) tashkil etildi, unga yangi yagona valyutaning banknotlari va tangalarini chiqarish huquqiga ega va konvertatsiyani bir funt sterling uchun darajasida taʼminlash uchun toʻliq chet el valyutasini himoya qilish mandati berilgan.

1951-yilda Britaniya Virgin orollari kelishuvga qoʻshildi, ammo bu norozilikka olib keldi, chunki bu hudud tabiiy ravishda qoʻshni Amerika Virgin orollari valyutasidan foydalangan. 1961-yilda Britaniya Virgin orollari kelishuvdan chiqdi va AQSh dollarini valyuta sifatida qabul qildi. 1964-yilda Trinidad va Tobago valyuta ittifoqidan chiqdi (Trinidad va Tobago dollarini qabul qildi) BCCB bosh qarorgohini Barbadosga koʻchirishga majbur boʻldi.

1965-yildagi Sharqiy Karib valyutasi toʻgʻrisidagi kelishuvga koʻra, Britaniya Vest-Indiya dollari nominal qiymatida Sharqiy Karib dollariga almashtirildi va BCCB oʻrniga Sharqiy Karib valyuta maʼmuriyati (ECCA) almashtirildi. Britaniya Gayanasi 1966-yilda valyuta ittifoqidan chiqdi. 1964-yildan beri Trinidad va Tobago dollaridan foydalangan Grenada 1968-yilda yana umumiy valyuta kelishuviga qoʻshildi. Barbados 1972-yilda valyuta ittifoqidan chiqdi, shundan soʻng ECCA shtab-kvartirasi Sent Kittsdagi Basterga koʻchirildi.

Tarixi 1983-yil 5-iyulda Port-of-speynda imzolangan Sharqiy Karib Markaziy banki toʻgʻrisidagi bitim ShKMBni ECCAning vorisi sifatida tashkil etdi, unga aʼzo davlatlarning rivojlanishi va taraqqiyoti uchun subregionning valyuta va bank tizimining barqarorligi va yaxlitligini taʼminlash vazifasi yuklatilgan.

ECCAdan farqli oʻlaroq, ShKMB vakolatlari aʼzo davlatlar moliya vazirliklari bilan birgalikda bank nazoratini oʻz ichiga oladi, bu esa uni Gʻarbiy Afrika davlatlari Markaziy banki va Markaziy Afrika davlatlari banki (ikkalasi ham 1990-yilgacha bank nazoratchisi boʻlgan) hamda Yevropa Markaziy bankini (2014-yilda) ortda qoldirib, birinchi millatlararo bank nazoratchisiga aylantiradi. Biroq, ShKMBning offshor banklarni nazorat qilishdagi oʻziga xos roli OECS mamlakatlarida farq qiladi, bu esa XVJning 2013-yilda offshor banklarga nisbatan qoʻllaniladigan „meʼyoriy-huquqiy bazadagi boʻshliqlar“ mavjudligini kuzatishga olib keladi.

2015-yil boshida bank 1 va 2 sentlik chaqa pullar emissiyasini bosqichma-bosqich toʻxtatish rejalarini eʼlon qildi. Yakuniy sana etib 2015-yil 1-iyul tanlandi. Bunga sabab sifatida, bir sentlik chaqa yasash uchun olti sent, 2 sentlik chaqa yasash uchun esa sakkiz sentga yaqin xarajat talab qilinishi koʻrsatilgan.

Raislari

Ser Sesil Jeykobs, 1973—1989; Ser K. Duayt Venner, 1989—2015; Timoti Antuan, 2015-yildan—hozirgacha

Yana qarang

Markaziy banklar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Sharqiy Karib Markaziy banki veb-sayti

Turkum:Sharqiy Karib Davlatlari Tashkiloti iqtisodiyoti Turkum:Markaziy banklar Turkum:1983-yilda tashkil qilingan banklar Turkum:Anguilla iqtisodiyoti Turkum:Sent Lyusiya banklari Turkum:Dominika banklari Turkum:Karib havzasi banklari Turkum:Bankga oid chala maqolalar Turkum:Antigua va Barbuda iqtisodiyoti Turkum:Grenada iqtisodiyoti Turkum:Montserrat iqtisodiyoti Turkum:Sent Kitts va Nevis iqtisodiyoti Turkum:Sent Vinsent va Grenadinlar iqtisodiyoti Turkum:Karib hamjamiyati iqtisodiyoti Turkum:Sharqiy Karib Davlatlari Tashkiloti