Shohi Jamiya masjidi – Hindistonning Adoni shahrida joylashgan masjid. Masjid arxitektura va madaniy merosning muhim yodgorligi hisoblanadi. Jamiyatning barcha qatlamlari va turli dinlariga mansub odamlar ushbu tarixiy binoga tashrif buyurishlari va suratga olishlari mumkinhttp://www.veethi.com›Places›Adoni,Andhra Pradesh›Adoni Photos. U shahar markazida, bozor yaqinida, shahar ichidagi juda gavjum joyda barpo etilgan.

Qurilishi va arxitekturasi Masjid Bijapur sultoni Sikandar Odilshoh qoʻl ostida xizmat qilgan gubernator Masud Xon tomonidan qurilgan. Masudxon 1683-yilda Adoniyda nafaqaga chiqqan. Masudxon bu yerni Muhammad Shahnoz Namiadan ₹ 77 000 rupiy berib sotib olgan va masjid qurilishi uchun jami 2 000 000 dinor miqdoridagi mablagʻ sarflangan. Ushbu masjidning meʼmorlari Malli Sandal boshchiligidagi eronlik muhandislar boʻlgan. Bu masjidning oʻziga xosligi shundaki, masjidning maydoni Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Kaʼba bilan bir xil tarzda barpo etilgan.

Masjidning old tomonida 15 ta qora plitalar mavjud boʻlib, ularda masjid haqidagi maʼlumotlar arab va fors tillarida Qur’onning baʼzi oyatlari bilan birgalikda yozilgan. Shuningdek, ular orasida hadislardan ham namunalar keltirilgan. Masjidning chap va oʻng minoralarida joylashtirilgan zanjirlar unga yanada goʻzallik baxsh etadi.

Atrofidagi hududlar Bino masjid qoʻmitasiga qarashli doʻkonlar bilan oʻralgan. Jumladan masjid atrofida quyidagi hududlar mavjud:

Old tomoni – bozor, P. N. yoʻli Orqa tomon – Masudiya Arab oʻrta maktabi, Masid Pura, Xazi Pura Oʻng tomoni – Gul bozori Chap tomon – Shroff bozori

Masjid atrofida hozirga qadar faoliyat yuritayotgan bozor majmuasi mavjud.

Taʼlim muassasasi Masjid qoʻmitasi, shuningdek, masjidda Mas’udia Arab High School deb nomlangan oʻrta maktab faoliyatini nazorat qiladi. U Siddi Masud Xon sharafiga shunday nomlangan.

Yana qarang

Islom arxitekturasi Islom sanʼati Sahn Musulmon tarixining vaqt jadvallari

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Buyuk masjidlar