Leonid Fedorovich Zaiko (; 1948-yil 23-avgust, Grodno – 2020-yil 27-dekabr, Minsk) – belaruslik iqtisodchi va siyosatshunos, tahlilchi. Iqtisodiyot fanlari nomzodi (1975).

Hayoti Leonid Fedorovich Zaiko 1948-yil 23-avgustda Grodno shahrida tugʻilgan.

Uning otasi Fedor Ivanovich Ukrainalik, onasi Galina Romanovna esa Rossiyalik (Kurskda tugʻilgan) boʻlgan. Leonidning ota-onasi otasining rasmiy vazifalari tufayli Grodnoga koʻchib kelishgan.

1970-yilda Belarus iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 1975-yilda Iqtisodiyot fanlari nomzodi, 1983-yilda esa dotsent boʻlgan.

Leonid Zaiko Belorussiyaning turli universitetlarida dars bergan. Shuningdek, Oliy Iqtisodiyot maktabida (Berlin), Xitoy Xalq Universitetida (Pekin), Moskva davlat universitetida (Rossiya), Iqtisodiy rivojlanish institutida (Vashington), Sankt-Peterburg universitetida (Rossiya), Kiyev (Ukraina) va Toshkent (O‘zbekiston) universitetlarida ham dars bergan.

1991–1994-yillarda Milliy gumanitar fanlar instituti kafedra mudiri, prorektori, Yevropa gumanitar universiteti iqtisod fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan.

1992-yildan beri Jahon bankining Belarusda makroiqtisodiy siyosat boʻyicha loyihalarini boshqargan. Mustaqil ekspert sifatida 1996–1999-yillarda Belarus Respublikasi Vazirlar Kengashining Iqtisodiy rivojlanish kengashi aʼzosi, 2000–2002-yillarda Belarus Respublikasi Milliy Assambleyasi Ekspertlar kengashi aʼzosi boʻlgan. 1996–1997-yillarda „Sharq-Gʻarb“ strategik tashabbuslar milliy markazi nodavlat tashkilotiga rahbarlik qilgan. 1997-yilda „Strategiya“ tahliliy markazi Respublika jamoat birlashmasi rahbari boʻlgan.

2000-yilda u Belarus Respublikasining Inson taraqqiyoti toʻgʻrisidagi Milliy hisobotining ilmiy muharriri va Milliy maʼruzalarni tayyorlash boʻyicha Belorussiyada BMT Taraqqiyot dasturining Ilmiy maslahat kengashiga rahbarlik qilgan. 2004-yildan „Satio“ ilmiy-texnika fanlari markazining ilmiy maslahatchisi, qator xalqaro tashkilotlar eksperti boʻlgan.

Xotini vafot etgach, oʻgʻlini 9 yoshidan boshlab oʻzi katta qilgan.

Leonid Fedorovich Zaiko 2020-yil 27-dekabrda koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etgan.

Manbalar

Havolalar Профиль на ekonomika.by