Nodirbek Qoʻziboyev (; 17- fevral 1985-yil, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, yarim himoyachi va qanot vingeri pozitsiyalarida oʻynagan. Bolalar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.

Faoliyati Nodirbek futbolchilik faoliyatini 2002-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubida boshlagan. 2008-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi safida oʻynagan. 2009-yilgi mavsumda Xitoyning „Qingdao Hailifeng F. C.“ klubi tarkibiga oʻtgan. 2010-yilgi mavsumda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2011-yilgi mavsumda Toshkentning boshqa bir jamoasi, Istiqlol klubida faoliyatini davom ettirgan. 2014-yilgi mavsumda „Qoʻqon 1912“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Milliy terma jamoa Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi safida BAA oʻtkazilgan FIFA U-20 Jahon chempionatida ishtirol etgan. 2006-yilda Osiyo oʻyinlari musoboqasida Olimpiya terma jamoasi aʼzosi sifatida maydongga tushgan. Milliy terma jamoaning bir necha yigʻinlariga jalb etilgan boʻlsada rasmiy oʻyinlarda maydongga tushmagan.

Murabbiylik foaliyati 2018-yilgi mavsumda Oltariqning „Iftixor“ jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan va jamoa tarkibidagi bir necha futbolchi bilan kelisha olmay urgani uchun futboldan butunlay chetlatilgan. 2019-yilgi mavsumda uning tergov davomida aybsizligi aniqlanib, futboldan chetlatish jazosi bekor qilingan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2002, 2005, 2008 Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2002, 2003, 2004, 2006, 2008 MDH kubogi finalchisi: 2008

Shaxsiy hayot Nodirbek 2015-yil uylangan.

Manbalar

Havolalar Nodirbek Qoʻziboyev OʻzPFLda futbolchi profili Nodirbek Qoʻziboyev Footballfactsda futbolchi profili Nodirbek Qoʻziboyev Soccerwayda futbolchi profili Nodirbek Qoʻziboyev Transfermarktda futbolchi profili

Turkum:17-fevralda tugʻilganlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Qingdao Hailifeng F. C klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Istiqlol Toshkent klubi futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Sementchi Quvasoy futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar