Grigoriy Lvovich Bondarevskiy (1920-yil 25-yanvar, Odessa – 2003-yil 7-avgust, Moskva) – sovet va rus sharqshunosi. Tarix fanlari doktori (1965), professor (1966), Ijtimoiy fanlar akademiyasi, Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi akademigi. Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining faxriy akademigi.
Hayoti Grigoriy Lvovich Bondarevskiy 1920-yil 25-yanvar Odessada tugʻilgan.
1940-yilda Moskva davlat universitetining tarix fakultetini tugatgan. 1941-yilda esa MDU aspiranturasida oʻqigan. 1941–1942-yillarda Pedagogika instituti tarix fakulteti dekani boʻlgan. 1942–1945-yillarda Qizil Armiyada xizmat qilgan.
1945–1951-yillarda Oʻzbekiston Tashqi ishlar xalq komissarligining siyosiy boʻlimi boshligʻi boʻlgan. Shu bilan birga, 1947–1956-yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetining „Sharq tarixi“ kafedrasi mudiri, 1951-yildan esa Oʻrta Osiyo davlat universiteti „Sharq fakulteti“ dekani boʻlgan boʻlgan.
1956-yildan Moskvada SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti (Osiyo xalqlari instituti) xalqaro muammolar boʻlimiga rahbarlik qilgan. 1965-yilda „XIX-XX asr boshlarida Fors koʻrfazi, Arabiston yarim oroli va Qizil dengiz uchun kurash“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1976-yildan xalqaro munosabatlar sotsiologiyasi sektori mudiri, Rossiya Fanlar akademiyasining Ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlar instituti (ISPR) Sotsiologiya instituti maslahatchisi boʻlgan. 1976–1984-yillarda SSSR Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasining professori boʻlgan.
Grigoriy Lvovich Bondarevskiy 2003-yil 7-avgustda Moskvada oʻldirilganСпирин Ю. «Орден Белого Лотоса» // Известия. — 2003, 15 августа.. Ayblanuvchi keyinchalik hakamlar hay’ati tomonidan oqlandiКак убить профессора с мировым именем // 18 сентября 2016.
Ilmiy merosi Grigoriy Lvovich Bondarevskiy 27 ta monografiya hamda rus va xorijiy matbuotda chop etilgan 300 dan ortiq maqolalar muallifi hisoblanadi.
„Bagʻdod yoʻli va nemis imperializmining Yaqin Sharqqa kirib borishi“ (1888—1903). Toshkent, 1955-yi]. „Fors koʻrfazi havzasidagi ingliz siyosati va xalqaro munosabatlari“ (XIX asr oxiri – XX asr boshlari). M., 1968-yil. XIX—XX asrlarda Hind okeani va Fors koʻrfazida hukmronlik uchun kurashning xususiyatlari. M., 1985-yil.
Mukofotlari RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982). Meerut universiteti (Hindiston) faxriy doktori. Javoharlal Neru nomidagi xalqaro mukofot laureati. Hindistonning Padma Shri mukofoti.
Manbalar
Havolalar Бондаревский Григорий Львович на сайте «Биография.ру» БОНДАРЕВСКИЙ Григорий Львович // Бондаревский Григорий Львович на сайте «Яндекс» Холодная война в судьбе Г. Л. Бондаревского