Iqtisodiy model – iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi nazariy konstruksiya, iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasi. Iqtisodiy modellar tizimdagi asosiy omillar bilan ishlash imkonini yaratadi. Iqtisodiy modellar reallikning abstrakt tasviri hisoblanadi va shu sababli, amaliyotda qoʻllash vaqti maʼlum toʻsiqlarga duch keladi. Lekin, iqtisodiy modellar real empirik maʼlumotlar asosida ham yaratilishi mumkin: Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi, Fillips egri chizig'i.
Firma yoki davlat iqtisodiy faoliyatini prognozlashda iqtisodiy-matematik usullardan foydalaniladi. Iqtisodiy-matematik usullar iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy jihatlarini funksiya, tenglama yoki tengsizliklar orqali ifodalaydi.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Iqtisodiy modellar