Li Chan Yur (1924-yil 10-noyabr, Uzoq Sharq viloyati, Primorsk viloyati, Olginskiy tumani, Nikolayevka qishlogʻi – 1978-yil 26-may) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Sverdlov nomidagi kolxoz aʼzosi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).

Hayoti Li Chan Yur 1924-yil 10-noyabrda (baʼzi maʼlumotlarda 1922-yilda) Olginskiy tumani, Nikolaevka qishlogʻida oddiy dehqon oilasida tugʻilgan. 1937-yilda ota-onasi bilan birga O‘zbekiston SSRning Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilingan. U Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Sverdlov nomidagi kolxozda yetti yillik maktabni tamomlagan. 1950-yillarning boshidan Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Sverdlov nomidagi kolxozda oddiy kolxozchi, dala mudiri, brigadir va chorvador boʻlib ishlagan.

1950-yilda Li Chan Yur boʻlinmasi 9 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 153,4 sentnerdan yashil kenaf poyasi yigʻib olgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan unga Lenin ordeni, „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan.

Katta mehnat yutuqlari uchun 1952-yilda ikkinchi marotaba Lenin ordeni bilan taqdirlangan. Li Chan Yur bir necha bor Xalq xoʻjaligi yutuqlari Butunittifoq koʻrgazmasida ishtirok etgan va sovrindor boʻlgan.

Li Chan Yur 1978-yil 26-mayda toʻsatdan vafot etgunga qadar Sverdlov kolxozida ishlayotgan boʻlgan. U Sobiq Sverdlov nomidagi kolxoz (hozirgi Ahmad Yassaviy nomidagi fermer xoʻjaligi, Yuqori Chirchiq tumani) qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni Ikki marta Lenin ordeni (1951, 1953) „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali

Adabiyotlar Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019 З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5 Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992 Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993 Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995 Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995 Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999

Manbalar

Turkum:Toshkent viloyatida vafot etganlar