Bektemir jomeʼ masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid hisoblanib, Toshkent shahar hududida joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi dasturi asosida oʻz faoliyatini olib boradi. Ushbu masjidda namozxonlar uchun zarur boʻlgan qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

Joylashuvi Bektemir jomeʼ-masjidi Toshkent viloyati hududidagi Oʻrta Chirchiq tumanida Bektemir mahalla fuqarolari yigʻini, Bektemir shox koʻchasi 121-uyda joylashgan. Mazkur masjidga har kuni 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Oʻrta Chirchiq tumanining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Jumladan, Oxunboboyev, Bektemir shox koʻchasi, Sobir Rahimov, Mehnatobod, Nurafshon, Charogʻon, Xislat, Maydon, Jamila Toshkandiy, Barxayot, Nurli, Namuna, Qipchoq, Barkamol, Parkent yoʻli, Amir Temur, Shodlik, Marvarid, Tinchlik, Bunyodkor, Navbaxor, Oxun guzar, Bogʻi Eram, Bilol Nozim, Saxovat, Ittifoq, Navoiy, Oltin topgan, Ziyoli, Alisher Navoiy, Doʻstlik, Chinor, Billur, Ixlos, Olmos, Katta ariq koʻchalarida istiqomat qiluvchi mahalliy aholi vakillari tashrif buyurishadi. Shuningdek, joʻme-masjid Toshkent shahriga yaqin boʻlgan hududda joylashganligi sababli, hamda, poytaxtni Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumani, Bekobod tumani, Piskent tumani, Bo'ka tumani, Oqqo'rg'on tumani, Bekobod shahri va viloyat markazi boʻlgan Nurafshon shari bilan bogʻlab turuvchi Bektemir shox koʻchasi yuzasida joylashganligi sababli, ushbu masjidda yoʻlovchilar va sayyohlar tashrif buyurishlari, namoz ibodatlarini ado qilishlari mumkin.

Manbalar