Mixail Yakovlevich Rostovtsev (1832-yil 4-noyabr, Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi – 1870-yil 11-may, Toshkent, Turkiston general-gubernatorligi) – graf (1861), imperator gvardiyasi kuirassier polkining polkovnigi, mudofaa vazirining yordamchisi, zemstvo rahbari.

Hayoti Mixail Yakovlevich Rostovtsev 1832-yil 4-noyabrda Sankt-Peterburgda tugʻilgan. U General-ad’yutantning oʻgʻli, dehqonlar islohotining mashhur arbobi Yakov Ivanovich Rostovtsevning oʻgʻli hisoblanadi. Mixail Rostovtsev dastlab Pajes Korpusida tahsil olgan. Keyin u Mixaylovskiy artilleriya maktabida maxsus kursni tamomlagan.

Mixail Yakovlevich Rostovtsev 1855-yil 8-avgustdan boshlab imperator gvardiyasi Kuirassier polkida kornet boʻlib xizmat qilishni boshlaydi. Oʻsha yilning 19-may sanasida u mudofaa vazirining ad’yutanti etib tayinlangan. 1861-yil 23-aprelda esa Rossiya imperiyasining grafligi darajasiga koʻtarilgan.

Mixail Yakovlevich Rostovtsev 1861-yil 23-aprelda graf unvonini olgan.

Mixail Yakovlevich Rostovtsev keyinchalik polkovnik darajasiga koʻtarilgan. Biroq, 1862-yil 5-iyunda u Gersen bilan munosabatlari uchun xizmatdan chetlatilgan. Bundan tashqari, baʼzi manbalarga koʻra, u liberal jamoat arbobi sifatida ham qayd etilgan, shuningdek, u sanʼatshunos sifatida faoliyat olib borgan. Biroz muddat oʻtgandan soʻng Mixail Rostovtsev yana harbiy xizmatga qaytadi va otliq qoʻshinlar safiga qoʻshiladi. Zemlyanskda u jamoat ishlarida faol qatnashgan, zemstvo hukumati rahbari va tuman maktablarining ishonchli vakili lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Mixail Yakovlevich Rostovtsev 1870-yil 11-mayda Turkiston general-gubernatorligining Toshkent shahrida vafot etgan.

Oilasi Otasi – Rostovtsev Yakov Ivanovich (1804-yil 9-yanvar – 1860-yil 18-fevral).

Onasi – Vera Nikolaevna Emina (1807-yil – 1888-yil).

Adabiyotlar Столетие военного министерства. Указатель биографических сведений, архивных и литературных материалов, касающихся чинов общего состава по канцелярии военного министерства с 1802 до 1902 г. включительно. Книга 2 стр 554.

Manbalar

Havolalar Государственный Русский музей. Живопись. Первая половина XIX века. Каталог (А-И). Санкт-Петербург. Palace Editions. 2002. Turkum:Toshkentda vafot etganlar