Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (Стратегик ва минтақалараро тадқиқотлар институти, Институт стратегических и межрегиональных исследований) – Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi. Oʻzbekiston Prezidentini axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.
Tarixi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan 1992-yilda tashkil etilgan.
Maqsadi va vazifalari Xalqaro anjumanlar, mavzuli davra suhbatlari, ilmiy-amaliy seminarlar oʻtkazadi. Markaziy Osiyoda xavfsizlik, Oʻzbekistonning xalqaro hamkorlik masalalari borasida qoʻshma tadqiqotlar olib boradi. Ichki va tashqi siyosati yoʻnalishlariga oid davlat dasturlari, hujjatlar va qonunlar loyihalarini ishlab chiqadi. Davlat hokimiyati idoralari, ilmiy tadqiqot institutlari va oliy oʻquv yurtlari, Oʻzbekistondagi diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, xorijiy tahliliy va tadqiqot markazlari bilan hamkorlik olib boradi.
Manbalar
Havolalar OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI STRATEGIK VA MINTAQALARARO TADQIQOTLAR INSTITUTI Rasmiy sayti
Turkum:Oʻzbekiston ilmiy institutlari