Murod Nodirovich Otajonov (; ; 5-sentyabr 1966-yil, Chimkent, Qozogʻston SSR) – Qozogʻistonda tavallud topgan SSSR va oʻzbek sobiq futbolchisi, himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan. Hozirda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasining akademiyasida katta murabbiy.
Faoliyati Murod Otajonov faoliyatini 1983-yilda Qozogʻistonnning „Jiger Chimkent“ jamoasi tarkibida boshlagan. Chimkent klubida ikki mavsum oʻynagach, Qozogʻiston shimolidagi, Aqtoʻbe shahrining „Aktobe“ jamoasi ga oʻtdi va uch mavsum davomida oʻynagan. 1987-yilda Chimkentga qaytdi va „Jiger Chimkent“ jamoasida bir mavsum davomida oʻynagan. 1988-yil ilk Qozogʻistondan boshqa jamoaga, Oʻzbekistonning „Yoshlik“ klubi tarkibiga oʻtdi. 1990 va 1991-yillarda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida oʻynagan. 1991-yilda SSSR parchalangacha Oʻzbekistonda qoldi va keyingi faoliyatini 1992-yilda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi tarkibida davom ettirdi. 1994-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ klubi safiga oʻtgan va toʻrt mavsum davomida oʻynagan. 1998-yilgi mavsumda Qarshining „Nasaf“ jamoasida oʻynagan. 1999—2000-yillarda „Xorazm“ jamoasida oʻynagan. 2001-yilgi mavsumda bir muddat Bekobodning „Metallurg“ jamoasida oʻynagan. 2003-yildan 2005-yilgacha Chimkentning „Ordabasi“ jamoasining „Ordabasi-2“ jamoasida oʻynagan va Qozogʻistonda faoliyatini yakunlgan.
Terma jamoa 1992-yilda SSSR parchalangach Murod Oʻzbekiston terma jamoasini tanladi va 4 ta oʻyinda ishtirok etgan.
Murabbiylik faoliyati Chimkentda faoliyatini yakunlagach 2006-yil bir muddat „Ordabasi“ jamoasida klub admistratori boʻlib ishadi. 2008-yildan Toshkentning „Bunyodkor“ klubi tizimida faoliyatini boshladi va Mirjalol Qosimov klub bosh murabbiyligi vaqtida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2011-yilda Gulistonning „Guliston“ klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. 2012-yildan „Bunyodkor“ jamoasi akademiyasi katta murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda va „Bunyodkor-2“ jamoasida bosh murabbiylik qilgan. 2018-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2023-yilda „Bunyodkor“ klubi Ivan Boškovićni bosh murabbiylikdan boʻshatganidan soʻng Hikmat Hoshimovni bosh murabbiy etib tayinladi. Ammo Hoshimovda murabbiylik Pro litsenzityasi boʻlamagani uchun Murod Otajonov bosh murabbiy etib taynlandi va 2023-yil yoz oyigacha faoliyat olib bordi.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 1997 Oʻzbekiston Superligasi 3-oʻrin (1): 1992 SSSR Ikkinchi ligasi 7-zona gʻolibi: 1990
Manbalar
Havolalar Murod Otajonov Footballfacts saytida futbolchi profili
Turkum:5-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Ordabasi-2 klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:SSSR birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Guliston klubi murabbiylari Turkum:Bunyodkor futbol klubi murabbiylari Turkum:Bunyodkor-2 klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar