Timur Marselevich Safin (, 1992-yil 4-avgust) – rossiyalik qilichboz, uch karra Yevropa chempioni, Jahon va Yevropa oʻyinlari chempionati sovrindori. Folga boʻyicha jamoaviy bahslarda Olimpiya chempioni (2016), folga boʻyicha shaxsiy bahslarda XXXI Olimpiada oʻyinlarining bronza medali, folga boʻyicha XXXII yozgi Olimpia oʻyinlarining jamoaviy bahslarida kumush medali sovrindori, Rossiya sport ustasi.
Biografiyasi Timur Marselevich 1992-yil 4-avgustda Toshkent shahrida tatar oilasida tavallud topgan va keyinchalik Rossiyaga koʻchib oʻtgan. 1998-yildan beri qilichbozlik bilan shugʻullanadi. Yoshlar (2008) va milliy (2012) Rossiya qilichbozlik terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Rossiya sport ustasi (2007) hamda qilichbozlik boʻyicha Rossiya xalqaro toifadagi sport ustasi (2012).
Timur 19-sonli sport maktabda (birinchi murabbiylari – F. Y. Arslanov, V. V. Nagimov) va 5-sonli sport Respublika maktab-internatida (murabbiylar: L. R. Grushina va R. R. Nasibullin) tahsil olgan.
2014-yilda Boshqirdiston jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.
Safin Ufaning 19-sonli SDYUSSHOR klubida, keyin esa TsSKA jamoasida oʻynagan. U katta leytenant harbiy unvoniga ega.
Sport natijalari
Shaxsiy musobaqada
Safin 2006-yil yoshlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori, 2012-yil Jahon chempionati gʻolibi va oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionati bronza medali sohibi boʻlgan. 2011-yilda Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida va shu yili erkaklar oʻrtasida boʻlgan Rossiya chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Mukofotlar 2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan XXXI Olimpiada oʻyinlarida gʻalaba qozonish irodasini va qatʼiyatini namoyish etgan yuqori sport yutuqlari uchun 2016-yil 25-avgustda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.
2020-yil Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan musobaqada mamlakat sportini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi, yuqori sport yutuqlari, XXXII Olimpiada oʻyinlarida gʻalaba qozonish irodasi va qatʼiyati uchun 2021-yil 11-avgustda 1-darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Rossiyaning Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:4-avgustda tugʻilganlar