Al-Vazir masjidi () Iroqning Bagʻdod shahridagi eski masjid boʻlib, u madaniy meros obyekti hisoblanadi. Masjid 1599-yilda Usmonlilar davrida Bagʻdod vaziri Hasan Posho tomonidan qurilgan. Keyinchalik masjidda bir qancha taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan. Masjidning asosiy xususiyati Usmonli meʼmorchiligiga xos ekanligidirHistorical Features of the Tigris River in Baghdad Rusafa, which extends from the school Al-Mustansiriya to the Abbasid Palace. UNESCO. Retrieved January 3, 2018.. U Al-Rusafa tumanida, Souk al-Saray orqasida, Dajla daryosi qirgʻogʻida joylashgan. Masjidda 400 dan ortiq namozxonlar uchun namozgoh mavjud. Masjidning chap tomonida dumaloq minora joylashgan. Masjid tarkibidagi bogʻ maydoni Dajla daryosi qirgʻogʻiga qadar choʻzilganمسجد الوزير . Masajed Iraq. Retrieved January 3, 2018..
Masjid joylashgan hududi, shuningdek, al-Vazir masjidining oʻzi ham YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi Masjid qurilish ishlari ilk bor 1599-yilda Usmonlilar imperiyasi davrida Bagʻdodni 1594–1603-yillarda boshqargan Hasan Posho rahbarligida boshlangan. Keyinchalik 1604-yilda Dajla daryosiga qaragan masjid yonida mashhur kafe qurilib, „Hasan Posho kafesi“ nomini olganBaghdad cafes, cultural life exchange, 1999. 1686-yilda „Ahmed ogʻa“ ismli qoʻshin zobitiga masjidning gʻarbiy tomonini qayta qurish vazfasi buyuriladi. U baland gumbaz ham qurib, maydonni kengaytiradi.
Masjidga 1816-yilda ingliz sayyohi va jurnalisti James Silk Buckingham Bagʻdodga tashrifi chogʻida kelgan. U masjidning „nafis gumbazi va baland minorasi“ borlligini taʼkidlagan.
Arxitektura tavsifi left|thumb|288x288px| Minora. Al-Vazir masjidi Souk as-Sarayning markazida, al-Mutanabbiy koʻchasi yaqinida joylashgan. Masjidda sirlangan koshinlar va marmar bilan qoplangan gumbazdan tashqari anʼanaviy Iroq minorasi ham mavjud. Ichkarida Qur’on oyatlari va gul naqshlari bilan bezatilgan stalaktit va muqarnaslardan iborat bezaklar oʻrnatilgan. Masjidga kirish qismi sargʻish gʻisht bilan oʻralgan va koʻk rang bilan sirlangan yogʻoch eshik oʻrnatilgan. Masjidga kirgandan soʻng, majmuadagi 1000 kvadrat metrdan oshiq maydonga ega keng hovlini ko‘rish mumkin, devorlar naqshlar va yozuvlar bilan bezatilganhttps://tableegh.imamali.net/index.php?id=1471.
Masjid 1000 kvadrat metr maydonda qurilgan boʻlib, unda namoz oʻqiladigan ikkita joy mavjud. Masjidda 330 ga yaqin inson namoz oʻqishiga moʻljallangan yozgi nomozxona va 500 namozxonni sigʻdira oladigan qishki namozxona bor. Masjid Bagʻdoddagi eng goʻzal masjidlardan biri hisoblanadi va Dajla daryosi qirgʻogʻida joylashganligi sababli ham, xalq tomonidan mashhur bir kema halokatidan soʻng masjidning qurilishi amalga oshirilganligii haqidagi ertaklar yaratilgan.
Galereya
Yana qarang
Iroqda islom Bagʻdoddagi masjidlar roʻyxati Iroqdagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Bagʻdoddagi masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Iroqdagi sunniy masjidlar Turkum:17-asr masjidlari Turkum:Gumbazli masjidlar