Vadim Nikolayevich Udilov (1924–2001) – Sovet razvedka xizmati arbobi va yozuvchi, davlat xavfsizligi general-mayori. SSSR DXQ ikkinchi Bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, „Vzrivniki“ maxsus operatsiyasi boshligʻi (1977).

Biografiyasi Vadim Nikolayevich 1924-yil 25-noyabrda Toshkent shahrida OGPU xodimi oilasida tavallud topgan. Otasi 1930-yilda bosmachilar tomonidan oʻldirilgan.

Ulugʻ Vatan urushi boshlanganidan soʻng, 1941-yildan boshlab, Qizil armiya safida xizmat qilgan. Nikolayevich 3-tank bataloni tarkibida urush qatnashchisi, 1-Boltiq frontining 79-tank brigadasi tank komandiri va tank vzvod komandiri boʻlib xizmat qilgan. 1944-yil 25-avgust va 24-noyabrda Qizil Yulduz va Qizil Bayroq ordenlari bilan taqdirlangan.

Udilov 1946-yilda Oʻzbekiston SSR Davlat xavfsizlik vazirligining tashqi kuzatuv xizmati operativ xodimi boʻlgan. Keyinchalik Birinchi (Amerika) bosh boshqarma va SSSR DXQ Ikkinchi Bosh boshqarmasida (aksil-razvedka) xizmat qilgan. U 60-yillarning oʻrtalarida AQShning Moskvadagi elchixonasi binosiga yashirincha kirish boʻyicha maxsus operatsiyada qatnashgan. 1962-yildan 1964-yilgacha Bolgariya Xalq Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi DXQ vakolatxonasining kontrrazvedka masalalari boʻyicha katta maslahatchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan .

Vadim Nikolayevich 1977-yilda Moskvadagi bir qator teraktlar („Vzrivniki“ operatsiyasi) boʻyicha tezkor qidiruv guruhiga rahbarlik qilgan. 1977-yildan 1980-yilgacha SSSR DXQ Ikkinchi Bosh boshqarmasining tahliliy boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlib, keyinchalik shu boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

Vadim 2001-yil 3-iyulda Moskvada vafot etgan.

Mukofotlari Vadim Udilov 1944-yilda Qizil Bayroq ordeni, 1-darajali Vatan urushi ordeni, 1944-yilda Qizil yulduz ordeni va 1945-yilda „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:General-mayorlar (SSSR) Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:2001-yilda vafot etganlar Turkum:3-iyulda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1924-yilda tugʻilganlar Turkum:25-noyabrda tugʻilganlar