Ikram Adirbekovich Adirbekov (, 1950-yil 8-iyul, Chinoz, Toshkent viloyati, OʻzSSR) – qozoq davlat arbobi, diplomat, bir nechta mamlakatlarda Qozogʻiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi, Qiziloʻrda viloyati hokimi (2004—2007), iqtisod fanlari doktori.

Tarjimai holi 1950-yil 8-iyulda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Chinoz qishlogʻida tugʻilgan. Qoʻngʻirot urugʻidan.

1972-yilda Olmaota zooveterinariya institutini (hozirgi Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti) zootexnik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Institutni tugatgach, Qozogʻiston fanlar akademiyasi Eksperimental biologiya institutida ilmiy stajyor, aspirant, kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan.

1979-yildan – Qozogʻiston qorakoʻlchilik ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri.

1983-yildan – Boʻrijar sovxozi partiya qoʻmitasi kotibi (1983-85).

1985-yildan – „Qorakoʻl“ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi boʻlim boshligʻi, „Qozqorakoʻl“, „Qozoqqoʻychilik“ uyushmasi raisining oʻrinbosari, „Qozoq qorakoʻl teri“ konserni vitse-prezidenti.

1992-yil mart oyidan – „Qozagrotashqisavdo“ tashqi savdo AJ prezidenti, 1993-yil noyabrdan – „Agrosavdo“ tashqi savdo davlat aksiyadorlik jamiyati prezidenti.

1994-yilda Menejment va marketing institutini tamomlagan.

1996-yil martdan 1997-yilgacha – Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari – moliya-maʼmuriy bosh boshqarmasi boshligʻi.

1997-yil dekabrdan 2002-yil iyungacha – Qozogʻistonning Litvadagi, bir vaqtning oʻzida, Estoniya va Latviyadagi elchisi.

1999-yilda Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

2002-yil 1-iyuldan – Qozogʻistonning Malayziyadagi elchisi va 2004-yil 25-martdan – bir vaqtning oʻzida Filippindagi elchisi.

Davlat rahbari 2004-yil 5-aprelda Qiziloʻrdaga tashrifi chogʻida shahar va viloyat faollariga yangi hokim Ikram Adirbekovni tanishtirdi.

2007-yil fevralidan 2011-yil noyabrigacha – Qozogʻiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2011-yildan 2017-yil 13-iyulgacha – Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Senati deputati.

Boshqa lavozimlari:

2019-yil sentyabrdan – Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Senati huzuridagi Senatorlar kengashi aʼzosi;

Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyati boʻyicha Jamoatchilik kengashi aʼzosi;

Turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar kengashi aʼzosi.

Olgan mukofotlari 3-darajali „Bars“ ordeni (2016); Parasat ordeni (2011); „Qurmet“ ordeni (2006); „Eren enbegi ushun“ medali (2001); Litva Buyuk Gertsogi Gediminas ordeni komandori (Litva, 2002); Qiziloʻrda viloyati faxriy fuqarosi (14.07.2010)

Manbalar

Turkum:Kishilar Turkum:Bars ordeni sohiblari Turkum:Litva Buyuk Gertsogi Gediminas ordeni sohiblari Turkum:Qozog‘istonning Estoniyadagi elchilari Turkum:Qozog‘istonning Latviyadagi elchilari Turkum:Qozog‘istonning Litvadagi elchilari Turkum:Qozog‘istonning Malayziyadagi elchilari Turkum:Qozog‘istonning Filippindagi elchilari Turkum:Qozog‘istonning Xitoydagi elchilari Turkum:Qozog‘istonning Vyetnamdagi elchilari Turkum:Qozog‘istonning KXDRdagi elchilari Turkum:Qozog‘iston davlat arboblari Turkum:Qozog‘iston parlamenti Senati deputatlari Turkum:Qiziloʻrda viloyati hokimlari Turkum:Olmaota zooveterinariya instituti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar