Tatyana Vladimirovna Felgengauer (asl ismi – Shadrina, 1985-yil 6-yanvarda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR„Vecherniy kanal“ s Tatyanoy Felgengauer na radio „Exo Moskvi“) – rossiyalik jurnalist, va muxbir. „Exo Moskva (aks-sadosi)“ radiostansiyasi koʻrsatuvlari boshlovchisi, muharrir oʻrinbosari boʻlgan. Shuningdek, Deutsche Welle sharhlovchisi. Harbiy kuzatuvchi Pavel Felgengauerning oʻgay qiziProgramma „Sotrudniki“ na radio „Exo Moskvi“. Time jurnalida yozilishicha, 2018-yilning eng yaxshi odamlaridan biri boʻlgan.

Hayoti Tatyana Felgengauer 1985-yil 6-yanvarda Toshkentda tugʻilgan. 1996-yildan 2022-yilga qadar Moskvada yashagan. Moskvadagi 875-sonli maktabda oʻqib (uning oʻqituvchilaridan biri Aleksey Venediktov edi), Moskva pedagogika universitetining Siyosat sotsiologiyasi mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichini tamomlagan.

Tatyana 18 yildan koʻproq vaqt ichida „Exo Moskva“ radiostansiyasining xodimi boʻlgan. Uning muxbir sifatida efirga birinchi chiqishi Marina Korolevaning 2005-yildagi Moskva elektr tarmogʻidagi avariyaga bagʻishlangan dasturida boʻlgan. „Utrenniy razvorot“ (Aleksandr Plushev bilan birgalikda) va „Osoboe mnenie“ dasturlarining boshlovchisi. 2022-yilning yanvar oyida „tuyish yoqasidagi hissiy charchoq“ tufayli radiostantsiyani tark etgan. Tatyaning soʻzlari bilan aytganda, norasmiy ravishda „cheksiz taʼtil“ ga chiqadi, lekin Rossiyaning Ukrainaga toʻliq miqyosli bostirib kirishi boshlanganini bilishi bilanoq qaytib keladi. 2022-yil 3-martda radiostantsiya yopilgandan soʻng, 4-mart kuni yopilgan Exo YouTube kanalida epizodlarni efirga uzatgan.

2019-yil 30-martdan 2020-yil 21-yanvargacha „V smisle?“ dasturini olib borib, Dojd telekanalida oʻsmirlar bilan dolzarb mavzularda muloqot boʻlib oʻtadi. 2020-yil dekabr oyidan boshlab MBH Media YouTube kanalida mualliflik blogini nashr etgan. Shuningdek, 2020-yil iyun oyidan boshlab oʻzining YouTube kanalini boshqaradi. 2023-yil iyun holatiga koʻra, kanal 94 mingdan ortiq obunachi va 6 million tomoshaga ega.

2022-yildan Vilnyusda istiqomat qiladi. 2022-yil avgustdan 2023-yil aprelgacha – rus tilidagi Deutsche Welle YouTube kanalida DW News kundalik dasturining boshlovchisi (Aleksandr Plushev bilan birga) boʻlib ishlaydi.

2010-yilgi jurnalistika boʻyicha Moskva mukofoti sovrindori (Matvey Ganapolskiy bilan birgaMer Moskvi Sergey Sobyanin vruchil premii Moskvi 2010 goda v oblasti jurnalistiki) boʻlgan.

Bolotnaya maydoni va Saxarov shoh koʻchasidagi saylovlarda firibgarlikka qarshi norozilik namoyishlari ishtirokchisi boʻlib, radiostantsiya efirida voqealarni yoritgan.

2022-yil 21-oktyabrda Rossiya Adliya vazirligi Tatyana Shadrinani (Felgengauer) „xorijiy agentlar“ shaxslar roʻyxatiga qoʻshadi.

Hujum 2017-yilning 23-oktabrida kunduzi soat ikkilarda „Exo Moskvi“ radiostansiyasi binosiga pichoq bilan qurollangan shaxs bostirib kirib, Tatyananing tomogʻidan jarohat yetkazgan. Jinoyatchini toʻxtatmoqchi boʻlgan qoʻriqchi ham yaralanadi. Tatyana Felgengauerga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgandan keyin zudlik bilan Sklifosovskiy nomidagi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutiga yetkazilgan. U yerda uch soatlik operatsiyani oʻtkazadi.

U 2017-yil 2-noyabrda kasalxonadan chiqarilgan.

Hujum qilgan shaxs radiostansiya xavfsizlik xizmati tomonidan qoʻlga olinib, politsiyaga topshirilgan. Jinoyatchi 48 yoshli Gruziya, Rossiya va Isroil fuqarosi Boris Grits boʻlib chiqadi. Tergov paytida u Tatyana Felgenhauer bilan „telepatik“ aloqasi borligini va jurnalistning „juda bezovta“ ekanligini aytgan. Mazkur holat yuzasidan „Oʻldirishga urinish“ moddasi (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksiningJinoyat kodeksi 30-moddasi 3-qismi va 105-moddasi 2-qismi „h“ bandi) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

2018-yilning may oyida Moskvaning Presnenskiy sudi Gritsni aqldan ozgan deb topib, uni majburiy davolanishga yuboradi. Felgengauerning advokatlari ham jurnalistga 100 ming rubl tovon puli toʻlashni talab qilishgan.

Shaxsiy hayoti Tatyana Felgengauer 2011-yilda „Fratriya“ muxlislar uyushmasining sobiq rahbari Evgeniy SelemenevgaBlog radiostansii „Exo Moskvi“ turmushga chiqqan. Ammo, nikoh atigi olti oy davom etadiProgramma „Razbor polyota“ s Sofiko Shevardnadze na radio „Exo Moskvi“. Tatyananing aytishiga qaraganda, keyinchalik jamoatchilik fikrining bosimi ostida turmushga chiqqan, lekin nikohida baxtli boʻlgan.

Oilasi

Otasi – Vladimir Shadrin. Onasi – falsafa fanlari nomzodi Yelena Aleksandrovna Felgengauer (1956-yilda tugʻilgan). Oʻgay otasi – rossiyalik biolog, jurnalist, harbiy kuzatuvchi Pavel Yevgenyevich Felgengauer

Intervyulari

// Grajdanin TV. 2020-yil 23-iyun.

Manbalar

Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:6-yanvarda tugʻilganlar