Futbol boʻyicha 2023-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finali – 12-noyabr kuni Qarshi shahridagi „Markaziy“ stadionida boʻlgan futbol oʻyini. Oʻyin Nasaf klubi gʻalabasi bilan tugagan. Tafsilotlar AGMK finalga qadar guruh bosqichida „Gʻijduvon“, „Andijon-SGS“ va „Jizzax“ klublarini magʻlub etib, guruhda birinchi oʻrinni egalladi. Nimchorak finalda esa Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etdi, chorak finalda esa „Xorazm“ yirik 4:2 hisobida magʻlub etildi. „Navbahor“ga qarshi yarim final bahsida esa asosiy vaqtda durang qayd etildi. Uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi. AGMK joriy mavsum kubok bahslarida 17 ta gol urib, 7 ta gol oʻtkazdi.

Nasaf ham finalga qadar 6 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Guruh bosqichida „Qoʻqon 1912“, „Surxon“ va „Mashʼal“ klublarini 1:0 hisobida magʻlub etib, pley-off bosqichiga chiqdi. Nimchorak finalda „Buxoro“ klubini magʻlub etdi. Chorak finalda „Turon“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etdi. Yarim finalda „Dinamo“ klubini yengib, finalga yoʻl oldi. „Nasaf“ ushbu musobaqada 11 ta gol urdi va 5 ta gol oʻtkazdi.

GK 35 Abduvohid Neʼmatov DF 2 Alibek Davronov DF 5 Gʻolib Gʻaybullayev (S) MF 7 Akmal MozgovoyDF 8 Zafarmurod AbdurahmatovMF 9 Javohir Siddiqov MF 17 Suhrob Nurulloyev FW 19 Mateus Lima DF 34 Sherzod NasrullayevMF77 Oybek Bozorov MF 88 Marko Stanojević Zaxira tarkib:GK 1 Umidjon ErgashevFW 10 Andrés Chávez MF 18 Bahrom Abdurahimov FW 21 Doniyor Narzullayev DF 25 Bekjon RahmatovDF 28 Shuhrat Muhammadiyev DF 32 Zafar HakimovMF 70 Jaba Jighauri FW 99 Azizbek Amonov Murabbiy: Roʻziqul Berdiyev GK 1 Botirali ErgashevDF 2 Akramjon Komilov DF 3 Sardor RahmonovMF 4 Mirjamol Qosimov MF 7 Dilshod AhmadaliyevMF 10 Xurshid Gʻiyosov MF 15 Oybek Rustamov MF 17 Sanjar Tursunov (S) DF 20 Islom Toʻxtaxoʻjayev FW 27 Martin Boakye DF 29 Vitaliy Denisov Zaxira tarkib:GK 12 Dilshod YoqubovGK 25 Valijon RahimovDF 19 Muhammadanas Hasanov DF 23 Iskandar BusinovMF 24 Murat Ermatov FW 38 Sirojiddin Bashriddinov FW 39 Asilbek Umurzoqov FW 40 Jahongir FozilovFW 88 Siavash Hagh Nazari Murabbiy: Mirjalol Qosimov

Eslatmalar

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston kubogi finallari Turkum:2023-yilgi futbol boʻyicha milliy kuboklar