Jasur Alijonov (1988-yil 12-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek aralash yakkakurashlari boʻyicha murabbiy, sobiq professional bokschi. Yengil vaznda kikbokschi, kikboksing va aralash yakkakurashlar boʻyicha sport ustasi.
Hayoti Jasur Alijonov 1988-yil 12-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan. 12 yoshida kikboksing va boks bilan shugʻullana boshlagan. 2008-yilda professional boksda debyut qilgan. Uning professional miqyosdagi ilk gʻalabasi 2008-yil 5-may kuni Abdumanap Qoʻchqorov ustidan qozonilgan. 8 ta jangdan soʻng jarohati tufayli faoliyatini tugatishga majbur boʻlgan.
2013-yilda boks boʻyicha oʻrta vazn toifasida Oʻzbekiston chempionatining kumush medali sovrindori boʻlib, Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritadi. Bir paytlar Oʻzbekiston terma jamoasi safida bir qancha yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. Jumladan, u Toshkentdagi Sidney Jekson memorialida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Xersondagi Nikolay Manger memorialida chorak finalga chiqib, Ukraina vakili Yevgeniy Xitrovga yutqazgan. Olma-Ota shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida mamlakat sharafini himoya qilgan. Unda 75 kg vazn toifasida u turnir jadvalidagi dastlabki uchta raqibidan muvaffaqiyatli oʻtib ketadi. Lekin, toʻrtinchi chorak final uchrashuvida esa rossiyalik Artyom Chebotarevdan texnik nokaut bilan magʻlub boʻladi.
2014-yilgi Oʻzbekiston chempionatida oʻrta vazn toifasida chorak finalda toʻxtab, sovrindorlar qatoriga kira olmadi.
2015-yilda Oʻzbekiston milliy chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Andijon shahrida oʻtkazilgan „Oltin vodiy“ xalqaro turnirida eng yaxshi natija qayd etadi. Asqar Quliboyev sovrinlari uchun Atirauda oʻtkazilgan xalqaro turnirda chorak finalda rossiyalik bokschi Vladislav Fedyuringa yutqazib qoʻygan.
Faoliyati Alijonov professional faoliyatini yakunlagandan keyin, kikboksing va MMA (aralash jang sanʼati) boʻyicha professional murabbiylik faoliyatini boshlaydi. Faol faoliyatidan soʻng darhol Legion Fight Clubda yangi faoliyatini boshlagan. U yerda Mahmud Murodov (UFC jangchisi) va Ramazon Temurovni tayyorlagan.
Manbalar
Havolalar Jasur Alijanov – profil na sayte Tapology.com
Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar