Damir Nizanov (; 1995-yil 1-senyabr, Nukus) – Oʻzbekistonlik va qoraqalpoq futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Nukusning „Aral“ jamoasi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati Damir professional futboldagi faoliyatini Nukusning „Aral samali“ jamoasida 2013-yilda boshlagan. Nukus jamoasida ikki mavsum davomida oʻynagan va yaxshi oʻyinlari natijasida Fargʻonaning „Neftchi“ va „Qoʻqon 1912“ jamoalaridan taklif olgan. 2016-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2015-yil Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi oʻyinlariga jalb etilgan. 2017-yil Samarqandning „Dinamo“ jamoasi safiga oʻtgan. 2018-yilgi mavsumda „Aral samali“ jamoasiga qaytgan va ikki mavsum davomida Nukus jamoasi tarkibida oʻynagan. 2020-yilgi mavsumda „Xorazm“ klubi safida oʻynagan, 2021-yilgi mavsumda yana „Aral samali“ klubi tarkibiga qaytgan. 2022-yilgi mavsumda Nukusda yangi tashkil etilgan „Aral samali“ jamoasi bilan nomi oʻxshash „Aral“ jamoasi tarkibiga oʻtgan.

Manbalar

Havolalar

Damir Nizanov Transfermarktda futbolchi profili Damir Nizanov Championat.comda futbolchi profili Damir Nizanov Teams.byda futbolchi profili Damir Nizanov OʻzPFLda futbolchi profili Damir Nizanov Soccerwayda futbolchi profili

Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:1-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qoraqalpogʻiston kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Qoraqalpogʻistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Aral Samali klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:FC Aral Nukus futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar