Fur Patrol – Yangi Zelandiyaning Vellington shahrida asos solingan rok guruhi.

Guruh 1996-yilda Vellingtonda tashkil topdi. Guruh ilk debyut qoʻshigʻi Starlifterni 1996-yil Wellington label Wishbone kanalida qildi. Ularning ilk debyut albomi Pet Devid Long prodyuserligida 2000-yilda Wishbone Recordsda chiqarildi. Pet albomi bitta Lydia qoʻshigʻidan iborat boʻlib Yangi Zelandiya xitida birinchi oʻringa chiqdi. Guruh 2001-yildagi Tui Yangi Zelandiya musiqa tanlovida 4 ta Tui mukofotiga sazovor boʻldi. 2001-yilda guruhfaolayitaini Melburnga koʻchirdi, va u yerda Fur Patrol ilk yirik rekordi, UNiversal Music Australia da birinchilikni oldi. Guruhning ikkinchi albomi, Collider 2003-yilda Yangi Zelandiyada va 2004-yil boshida Avstraliyada ommaga taqdim etildi. Bu albom Mark Wallis ostida prodyuserlik qilinib, Melburnning Sing Song studiyasida yozib olindi. Ilk yakka qoʻshiq boʻlgan Preciousning mavzusi boshqa qoʻshiqlarga qaraganda psixologik jihatdan jiddiy mavzuda edi. Bu qoʻshiqning klipi Gollivudda suratga olindi.

Fur Patrolda 2004-yili gitarachi Stiv Wellsning tark etishi bilan 3 ta shaxs qoldi.

Guruh 2007-yil mayida Long Distance Runner nomli 4 ta qoʻshiqdan iborat boʻlgan albomni taqdim etdi va oʻzlarning 3-toʻliq albomi Local kid avstraliyalik Tony Cohen prodyuserligi ostida 2008-yili 29-sentyabrda chiqardi.

Hozirgi guruh aʼzolari

Julia Deans (vokal va gitara chaluvchi) Andrew Bain (bass) Simon Braxton (baraban)

Sobiq aʼzolar

Stiv Wells (gitara chaluvchi)

Fotogalereya

Diskografiya Yil Qoʻshiq nomi Qoʻshimcha maʼlumot Xitparaddagi pogʻonasi NZ 1998 Starlifter EP Yorliq: Wishbone Music Katalog: wishcoo81 17 2000 Pet Chiqarilgan: 24-sentyabr, 2000 Yorliq: Wishbone Music Katalog: 8573-85417-2 7 2003 Collider Chiqarilgan: 26- sentyabr, 2003 Yorliq: Universal Music Australia Katalog: 5046705032 31 2007 The Long Distance Runner EP Chiqarilgan: 4-iyun, 2007 Yorliq: Tardus — 2008 Local Kid Chiqarilgan: 13-oktabr, 2008 Yorliq: Tardus — „—“ belgisi qoʻshiqning Xitparadda oʻrin ola olmaganini yoki bu xitparadga kiritilmaganini bildiradi.

Yakka qoʻshiqlar

Yili Nomi Xitparaddagi oʻrni Albom NZ 1998 „Man in a Box“ — Starlifter „Dominoes“ — 1999 „Beautiful“ — „Now“ — Pet 2000 „Holy“ — „Lydia“ 1 2001 „Andrew“ 24 „Spinning A Line“ 40 2003 „Fade Away“ — Albomga kiritilmagan „Precious/Enemy (Live)“ — Albomga kiritilmagan „Precious“ 18 Collider 2004 „Enemy“ — „Get Along“ — 2007 „Hand on an Anchor“ — Long Distance Runner 2008 „Great Leap Forward“ — Local Kid „Silences and Distances“ — „Hidden Agenda“ — 2009 „Little Fists“ — „—“ belgisi qoʻshiqning Xitparadda oʻrin ola olmaganini yoki bu xitparadga kiritilmaganini bildiradi.

Manbalar

Tashqi havolalar Fur Patrol’s MySpace page All Those Other Stupid Things Club Fur – Yahoo Group established in 1999

Turkum: Yangi Zelandiyalik artistlar Turkum: Guruhlar