Valeriy Borisovich Xarlamov (1948-yil 14-yanvar, Moskva — 1981-yil 27-avgust, Moskva viloyati, Solnechnogorsk yaqinidagi Leningradskoye shossesining 74-kilometri) — sovet xokkeychisi, 1967—1981-yillarda CSKA jamoasi hujumchisi. 1969 —1980-yillarda esa SSSR terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 1969-yilda SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi. Ikki karra Olimpiya chempioni (1972, 1976) va sakkiz karra jahon chempioni. SSSRning eng yaxshi xokkeychisi (1972, 1973). 1970-yillarda SSSRning etakchi xokkeychilaridan biri. Xarlomov nafaqat sovet ittifoqida, jahonda ham Xokkey tarixidagi eng yaxshi xokkeychilardan biri deya tan olingan. 1998-yilda Xalqaro xokkey federatsiyasining shon-sharaf zaliga kiritlgan . 2005-yilda Torontodagi Xokkey shon-sharaf zali aʼzosi.
Biografiyasi Tavvaludi Otasi — Boris Sergeevich Xarlamov (26.06.1927—27.01.2010) — „Moskva Kommunar“ zavodining sinov mexanigi . Onasi — Asli Ispan, Ispaniyaning Bilbao shahridan, asil ismi Karmen Orive-Abad (Carmen Orive Abad, laqabi Begoña, Begonia) (1925—1987), 1937-yilda SSSRga olib ketilgan (fuqarolar urushi Ispaniya qochqinlari orasida), 1940-yillardan oʻsha zavodda revolver tokar boʻlib ishlagan.
Boris va Begonia ilk marta Kommunar zavodi raqs klubida tanishishadi. Oʻshanda Boris Xarlamov klubga urushdan oldin tanish boʻlgan ispan doʻsti bilan kelgan va u yerdan Valeriyning boʻlajak onasi bilan ketgan. Bu voqiyani Boris Xarlamov „Valeriy Xarlamov, muz ustidagi buqalar jangi“ hujjatli filmida aytib oʻtgan..
Valeriy Xarlamov 1948-yil 13 yanvardan 14-yanvarga oʻtar kechasi Moskvada tugʻilgan. Boris va Begoniya oʻsha kuni Kommunar zavodining yotoqxonasida edilar. Kech yaqinlashganda, Begonia tugʻruq vaqti boshlanganini his qiladi. Shoshilinch ravishda tez yordam zavod mashinasi chaqirilib, uni tug‘ruqxonaga olib borishadi. Oʻsha kuni tongda yosh Xarlamovlar oilasida oʻgʻil farzand dunyoga kelganPo vospominaniyam Anatoliya Tarasova, Begoniya rodila sina v mashine: „I xotya shofyor gnal na prilichnoy skorosti, v роддом oni priexali s eщyo odnim passajirom — v puti u molodoy mami na svet poyavilsya sin“ (Tarasov A. V. Tri skorosti Valeriya Xarlamova // Levin B. M. Tri skorosti Valeriya Xarlamova. — , 1984. — S. 13)..
Xarlamovlar oʻz farzandlariiga Sovet sinovchi uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni Valeriy Chkalov sharafiga Valeriy deb ism qoʻyishadi. Boris va Begonia faqat yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlganliklari sababli farzandli boʻlishni rejalashtirishmagan edilar. Valeriy tugʻilgandan uch oy oʻtibgina, nikohlarini rasman roʻyxatdan oʻtkazishadi — Boris Xarlamov buni „Valeriy Xarlamov, muz ustidagi buqalar jangi“ hujjatli filmida aytib bergan.
1949-yilga kelib Xarlamovlar oilasida qiz farzand tugʻiladi va qizaloqa Tatyana deb ism qoʻyishadi.
Bolalik va yoshlik davri
Valeriy Xarlamovning bolaligidan xokkey hamda futbolga judaham qiziqar va ular bilan muntazam shugʻullanar edi. Valeriy yetti yoshiligidayoq muz ustida konkida ucha boshlagan. Otasi tez-tez zavod jamoasi uchun maydonchada rus xokkeyi bilan shug;ullangan. Oʻgʻlini oʻzi bilan birga oʻyinga olib borgan.
1956-yilga kelib, 1937-yilda SSSRga kelgan ispanlar oʻz vatanlariga qaytish imkoniga ega boʻlgach, Valeriy onasi va singlisi bilan Ispaniyaga joʻnab ketadi, Ispaniyaga borgan Valeriy bir necha oy Bilbao shahrida yashaydi hamda shahar maktabida bir muddat taxsil olgan.
1961-yil mart oyida Xarlamov boshqa organlarda asoratlarni keltirib chiqaradigan Oʻtkir tonzillit bilan kasal boʻlib qoladi: shifokorlar unda yurak kasalligi borligini aniqladilar va revmatik kardit tashxisini qoʻyishadi Shu paytdan boshlab Valeriyga maktabda jismoniy tarbiya darslariga borish, hovlida yugurish, ogʻir yuk koʻtarish, suzish va hatto pioner lageriga borish taqiqlangan.
Biroq Valeriyning otasi boshqacha fikrda edi, hamda uni Rossiyaga qaytarib olib kelgan va oʻsha yerdagi xokkey klubiga olib borgan. Bu ishlarning barchasini Valeriyning onasidan yashirincha qilshgan. Xarlamov koʻp marotaba Ispaniyaga borib kelganligi tufayli Ispan laqabini ham olgan. Shundan keyin u moʻjizaviy tarizda, hech bir sabablarsiz ogir hastalikdan sogʻayib ketadi.
Faoliyati Sovet Ittifoqi ligasi Xarlamov 12 yoshida CSKA safida muvaffaqiyatli oʻynay boshlaydi. 1967-1968 yilgi mavsum uchun kattalar jamoasi tarkibiga jalb eetiladi hamda 1967-yilning 22-oktyabrda HC Sibir jamoasiga qarshi baxsda SSKA safida debyut qiladi. Ammo oʻsha paytdagi jamoa bosh murabbiyi Anatoliy Tarasov Xarlamovni jamoa uchun kerakli oʻyinchi deb hisoblamaydi hamda jamoa tarkibidagi 15 oʻyindan soʻng Xarlamovni uchinchi divizion aʼzosi Zvezda Chebarkul jamoasiga tarkibiga bir mavsumga berib yuborishadi. Zvezda chebraku tarkibida 32 oʻyinda 34 ta gol urib, jamoaning toʻp urariga aylanadiMartin, pp. 132-133.
Keyingi mavsumdan Xarlamov CSKA tarkibiga qaytadi. Mavsumda 42 oʻyinda 37 ta gol urib, 12 ta golga assistentlik qilgan. Umumiy hisobda mavsum oʻyinlarida jami 49 ochko yigʻgan Valeriy liganing uchunchi eng yaxshi oʻyinchisi boʻlgan; 1968-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgan oʻyinda u birinchi marta Vladimir Petrov va Boris Mixaylovlar singari koʻzga koʻringan oʻyinchilar bilan bir tarkibda maydonga tushadi. Uchala oʻyinchi ham keyingi bir necha yil davomida CSKA bilan ham, xalqaro miqyosda ham birga oʻynashadi hamda xokkey tarixidagi eng mashhur chiziqlardan birini tashkil etishadi. Mavsum oraligʻida Xarlamov va uning sherilari Petrov va Mixaylovlar xalqaro turnirda gʻalaba qozonganliklari uchun xizmat koʻrsatgan sport ustasi unvoniga sazovor boʻlishadi.
Faoliyat statistikasi
Mavsum Jamoa Liga Oʻ G A Ochk Pen 1967-1968-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 15 2 3 5 6 1968-1969-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 42 37 12 49 24 1969-1970-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 33 33 10 43 16 1970-1971-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 34 40 12 52 18 1971-1972-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 31 24 16 40 22 1972-1973-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 27 19 13 32 22 1973-1974-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 26 20 10 30 28 1974-1975-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 31 15 24 39 35 1975-1976-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 34 18 18 36 6 1976-1977-yilgi mavsum CSKA MoskvaSovet ittifoqi 21 18 8 26 16 1977-1978-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 29 18 24 42 35 1978-1979-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 41 22 26 48 36 1979-1980-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 41 16 22 38 40 1980-1981-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 30 9 16 25 14 Sovet ittifoqi ligasida jami 438 293 214 507 318
Xalqaro Yil Jamoa Turner Oʻ G A Ochko Pen 1969 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 10 6 7 13 4 1970 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 9 7 3 10 4 1971 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 10 5 12 17 2 1972 Sovet ittifoqi Kanada-SSSR seriyasi 7 3 4 7 16 1972 Sovet ittifoqi Olimpiada oʻyinlari 5 9 7 16 2 1972 Soviet Union Jahon Chempionati 9 8 6 14 10 1973 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 10 9 14 23 31 1974 Sovet ittifoqi Kanada-SSSR seriyasi 8 2 6 8 4 1974 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 10 5 5 10 8 1975 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 9 10 6 16 4 1976 Sovet ittifoqi Olimpiada oʻyinlari 6 3 6 9 6 1976 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 10 4 10 14 4 1977 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 10 9 7 16 4 1978 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 10 4 5 9 4 1979 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 8 7 7 14 4 1980 Sovet ittifoqi Olimpiada oʻyinlari 7 3 8 11 2 Jahon Chempionatida jami 105 74 82 156 79 Olimpiada oʻyinlarida jami 18 15 21 36 10
Mukofot va unvonlar
SSSR va Rossiya Mukofot yil Xizmat koʻrsatgan sport ustasi 1969-yil SSSR ligasi Yil oʻyinchisi 1971-1972, 1972-1973-yillar Rossiya xokkey shon-sharaf zali 2014-yil
Xalqaro Mukofot Yil Xokkey boʻyicha jahon chempionati ramziy terma jamoasi 1972, 1973, 1976-yillar Xalqaro xokkey federatsiyasi shon-sharaf zali 1998-yil Xalqaro xokkey federatsiyasi yulduzlar jamoasi 2008-yil Toronto shon-sharaf zali 2005-yil
Yana qarang Xokkey boʻyicha SSSR va Rossiya chempionatlarining eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar IIHFning 100 yilligiga bagʻishlangan tantanali kecha. Barcha davrlarning oltita eng yaxshi xokkeychisini aniqlash Biz bosamiz — siz darhol chiqib, gol urasiz! (Xarlamovning oʻzi va u haqidagi bayonotlari yozuvlari) Razzoqov F. I. Yulduzli tragediyalar. — M.: eksomo, 2006. — 688 s. — ISBN 5-699-14441-2 Xokkeyimiz Motsarti (Aleksandr Xarlamov bilan suhbat) Xarlamov uchun qizil chinnigullar Xarlamovning SSSR terma jamoasidagi oʻyinlari statistikasi Valeriy Xarlamovning muhim bosqichlari „Aleksandr Kolodniy.“ Jiddiy va uzoq vaqt (Valeriy Xarlamov bilan suhbat). // Futbol-Xokkey (gazeta). — 1972. — No 12. — B. 8-9. Xokkey: Sportning kichik ensiklopediyasi. — : Jismoniy tarbiya va sport, 1990. — 685 b. — ISBN 5-278-00153-4. Qabr fotosurati Xarlamovning statistikasi TsSKA HK (Moskva) saytida Turkum:SSSR xokkeychilari Turkum:14-yanvarda tugʻilganlar Turkum:SSSR Davlat mukofoti laureatlari Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar