Istanbul Topkapi Universiteti (eski nomi Istanbul Ayvansaray Universiteti) – Turkiyaning Istanbul viloyatida joylashgan fond universitetidir. Vazirlar Kengashining 2009-yil 21-apreldagi qarori bilan Platon kasb-hunar maktabi nomi ostida 4 ta boʻlim biln tashkil etilgan. 2016-yilning noyabr oyida Ayvansaray Taʼlim Jamgʻarmasi tomonidan Istanbul Ayvansaray Universiteti tashkil etildi va Platon kasb-hunar maktabi Universitet tarkibiga kiritildi. 2016-yildan 60 dan ortiq yoʻnalishda taʼlimni davom ettirgan Istanbul Ayvansaray Universiteti talabalar tomonidan eng koʻp tanlanadigan universitetlar qatoriga kirdi.

Tarix

2009-yilda direktor Sinan Chetin hamda bir guruh ishbilarmon va akademiklar tomonidan Platon kasb-hunar maktabiga asos solindi. Keyinchalik 2016-yili Istanbul Ayvansaray Universiteti tarkibiga oʻtkazilgan. Sinan Chetin dastlabki davrda vasiylik kengashi raisi edi. Koʻp oʻtmay uning oʻrnini Tolga Yazıcı egalladi.

2019-yil oxirida Nihat Qizil Tolga Yazıcıdan vasiylik kengashi raisligini qabul qilib oldi va u bugungi kunda ham kengash raisi.

Universitet nomi 2022-yilda Istanbul Ayvansaray Universiteti nomidan Istanbul Topkapi universitetiga oʻzgartirildi. Dastlab taʼlim faoliyatini birgina bino bilan boshlagan universitet hozzirda 5 ta kampus va 100000 m2 maydon bilan oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Ayni paytda universitet 25 ta magistratura va doktorantura, 35 ta bakalavriat, 56 ta aspirantura yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim berib kelmoqda. Istanbul Topkapi Universiteti fanlararo dasturlari, tajribali akademik xodimlari va zamon talablariga javob beradigan texnologiyalari bilan sifatli taʼlim berishni oʻz oldiga maqsad qilgan.

Akademik birliklar Fakultetlar Tasviriy sanʼat, dizayn va arxitektura fakulteti Iqtisodiyot, maʼmuriy va ijtimoiy fanlar fakulteti Muhandislik fakulteti Sport fanlari fakulteti Sogʻliqni saqlash fanlari fakulteti

Kampuslar

Kazlicheşme kampusi Balat kampusi Shishli gastronomiya kampusi Levent TSYD Sport fanlari kampusi Yenibosna kampusi Havolalar

Rasmiy sayt

Manbalar

Turkum:Turkiyadagi universitetlar Turkum:Istanbul