Durazno – Urugvay davlatiga qarashli Durazno departamentining markazi. Urugvayning eng markaziy shahri ekanligi bilan ajralib turadi. Shaharda 30,000 dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Oʻtmishda Urugvayning poytaxti boʻlgan.
Tarixi Shahar 1821-yil 12-oktabrda San-Pedro del Durazno nomi bilan Braziliya imperatori Pedro I ga ehtirom sifatida, hozirgi Urugvay hududi Braziliyaga Sisplatin provinsiyasi sifatida qoʻshib olingan bir paytda tashkil qilingan. Urugvay mustaqillikka erishgunga qadar qishloq maqomida edi. 1906-yil 13-iyulda 3041-sonli qonun bilan uning maqomi shaharga koʻtarilgan.
Aholisi thumb| San-Pedro de Durazno cherkovi. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Durazno aholisi 34,368 kishini tashkil qiladi. Yil Aholi soni 1908-yil 10,507 1963-yil 22,203 1975-yil 25,981 1985-yil 27,834 1996-yil 30,607 2004-yil 30,529 2011-yil 34,368 Manba: Urugvay Milliy universiteti"Statistics of urban localities (1908–2004) (see also „San Pedro de Durazno“)" (PDF). .
Taniqli odamlari Antonio Alzamendi, futbolchi. Bernabé Michelena, haykaltarosh. Margarita Martirena, sprinter.
Manbalar
Havolalar Durazno Town Hall INE map of Durazno and Santa Bernardina
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Urugvay geografiyasi Turkum:Urugvay shaharlari