Muhammad Sakizli (1892-yil –14 -yanvar 1976-yil ) 1950-yil 18-martdan 1951-yil 24-dekabrgacha Kirenaika Bosh Vaziri boʻlib ishlagan inson. U keyinchalik 1954-yil 19-fevraldan 12-aprelgacha Liviya Bosh Vaziri sifatida ham faoliyat yuritgan.

Shaxsiy hayot Sakizlining asli turk boʻlgan. Uning familiyasi (Sakizli) Usmonli turk tilidagi Sakiz soʻzidan kelib chiqqan.

Kirenaika hukumati 1949-yil 1-iyunda amir Idris Kirenaika amirligining mustaqilligini eʼlon qildi. Garchi mustaqillikdan keyin ham Buyuk Britaniya taʼsiri yuqori boʻlgan boʻlsa-da, yangi hukumatni shakllantirish zarur edi. Omar Pasha El Kikhia boshchiligidagi qisqa hukmronlik qilgan hukumat qulagandan soʻng Muhammad Sakizli 1950-yil mart oyida yangi vazirlar mahkamasini tuzdiel-Magariaf, vol.1, p.245-246.. 1951-yil 24-dekabrda Qirol Idris I Liviya mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng Sakizlining univoni oʻzgardi. U Kirenaika gubernatori etib tayinlandi va shu lavozimda 1952-yil maygacha faoliyat yuritdiel-Magariaf, vol.1, p.249.. 1952-yil mayda Sakizli Liviya federal hukumati tomonidan Taʼlim vaziri etib tayinlandi. Keyin 1953-yil sentyabrda lavozimi qirollik byurosining boshligʻiga oʻzgartirildiel-Magariaf, vol.2, p.229..

Bosh Vazir 1954-yil fevralda Sakizliga hukumatni tuzish topshirigʻi topshirildi, ammo uning bu huquqi koʻpga choʻzilmadi. 1954-yil 5-aprelda Liviya Oliy sudi 1954-yil 19-yanvarda Tripolitaniya qonunchilik kengashini tarqatib yuborish toʻgʻrisidagi qirollik buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Bundan soʻng Tripolida Tripolitaniya gubernatori As-Siddig al-Mutassir boshchiligida Qirol Idrisning qarorini bekor qilgan sud qaroriga qarshi norozilik namoyishlari boshlandiel-Magariaf, vol.2, p.261-262..

Tripolida namoyishlar oʻtkazilayotgan bir paytda 7-aprelda Vazirlar mahkamasi chaqirildi va gubernator al-Mutassir sud qarorlarini rad qilgan holda qonunchilik saylovlarini oʻtkazishni davom ettirdi. Soʻng Sakizli Idrisga telefon qilib, hokim al-Mutassirga saylovlarni toʻxtatishni buyuradi, shekilli, qirol bunga rozi emas. Keyingi kun Sakizli isteʼfoga chiqishini talab qiluvchi qirol xabarini qabul qiladiel-Magariaf, vol.2, p.282..

Vazirlikdan keyingi yillar Sakizli Liviyada federal tizim bekor qilinganda 1962-yil 26-dekabrdan 1963-yil 26-aprelgacha yana Kirenaika gubernatori etib tayinlanadiel-Magariaf vol. 2, p. 287, & vol. 4, p.273..

Sakizli 1976-yil 14-yanvarda vafot etadiSalem el Kebti, p. 1544..

Qaydlar

Qoʻshimcha havolalar Mustafa Ben Halim, „Safahat Matwiya men Tarikh Libia as Siyasi“, Matabeʼ al-Ahram at Tejariya, Qalyub, Misr, 1992. Mohamed Yousef el-Magariaf, „Libia bain al Madi wal Hadir: Safahat men at Tarikh as Siyasi“, 4 vols., Markaz ad Dirasat al Libiya, Oxford, & Maktabat Wahba 14 al-Gomhuriya street Cairo, 2004–2006. Salem el Kebti, „Libia..Maseerat al Istiqlal..Wathaʼiq Mahalliya wa Dawliya“, part 3-Takween Dawla, Ad Dar al Arabiya lil Ulum Nashiroun, 1st ed., 2012.