Fraport AG Frankfurt Airport Services Worldwide, qisqacha Fraport nomi bilan tanilgan — Frankfurtmayn shahridagi Frankfurt aeroportini boshqaradigan va dunyo boʻylab bir qancha boshqa aeroportlari boshqaruvida oʻz ulushiga ega boʻlgan nemis transport kompaniyasi. Ilgari kompaniya shahardan 130 kilometr gʻarbda joylashgan kichikroq Frankfurt-Han aeroportini ham boshqargan. Xetra va Frankfurt fond birjalarida listingga kiritilgan. Kompaniyaning hozirgi bosh ijrochi direktori . 2019-yil holatiga koʻra, kompaniyada 22 514 nafar xodim ishlaydi. Yillik daromadi esa taxminan 3,3 milliard yevroni tashkil qiladi. Fraport 2002-yildan 2012-yilgacha Bundesliga futbol jamoasi Eintracht Frankfurtning bosh homiysi boʻlgan.

Fraport AG oʻz aeroportlarida hamda uchinchi tomon boshqaradigan aeroportlarda yerda xizmat koʻrsatish operatsiyalari bilan ham shugʻullanadi. Yerda xizmat koʻrsatish faoliyatini asosan tartibga solinmagan kontekstda amalga oshiradi. Fraport, shuningdek, Frankfurt aeroporti va Indira Gandi xalqaro aeroportini dunyodagi eng yirik yoʻlovchi layneri A380 uchish-qoʻnishiga tayyor qilish uchun jalb qilingan.

Faoliyati Frankfurt aeroportiga aloqador turli boshqaruv va infratuzilma shoʻba korxonalariga qoʻshimcha ravishda, Fraport holdinglari quyidagi aeroportlarni boshqaradigan kompaniyalarni oʻz ichiga oladi: Kompaniya Aeroport(lar) Mamlakat Ulushi Aeroport boshqaruvining boshlanishi Shartnoma muddatiDIAL Delhi International Airport Private Limited Indira Gandi xalqaro aeroporti (DEL) Hindiston 10% 2006-yil 2036-yil Fraport TAV Antalya Management A. S. Antaliya aeroporti (AYT) Turkiya 50/51% 1999-yil 2024-yilFraport Twin Star Airport Management AD Burgas aeroporti (BOJ), Varna aeroporti (VAR) Bolgariya 60% 2006-yil 2041-yil Lima Airport Partners S. R.L. Xorxe Chaves xalqaro aeroporti (LIM) Peru 80,01% 2001-yil 2041-yil Ljubljana Airport Lyublyana aeroporti (LJU) Sloveniya 100% 2014-yil cheklanmagan Northern Capital Gateway MChJ Pulkovo aeroporti (LED) Rossiya 25% 2010-yil 2040-yil AirMall Baltimor-Vashington xalqaro aeroporti (BWI), Boston Logan xalqaro aeroporti (BOS), Pitsburg xalqaro aeroporti (PIT), Klivlend Hopkins xalqaro aeroportlarida (CLE) chakana savdo AQSh 100% 2014-yil nomaʼlum Xi’an Xianyang International Airport Co., Ltd. Sian Sianyang xalqaro aeroporti (XIY) Xitoy 24,5% 2008-yil 2022-yilda sotiladi Fraport Brasil – Fortaleza Pinto Martins – Fortaleza xalqaro aeroporti (FOR) Braziliya 100% 2018-yil yanvar 2047-yil Fraport Brasil – Porto Alegre Salgado Filho xalqaro aeroporti (POA) Braziliya 100% 2018-yil yanvar 2042-yil

Gretsiya right|thumb| Zakintos aeroportidagi Fraport Greece toʻsigʻi. 2015-yil dekabr holatiga koʻra, Gretsiya hukumati Fraport va Copelouzos grek energetika kompaniyasi bilan 14 ta mintaqaviy aeroportlarni 40 yillik imtiyozli muddatga ijaraga olish va boshqarish boʻyicha 1,2 milliard yevrolik xususiylashtirish shartnomasini imzoladi„Greece signs 1.2 bln euro airport deal with Germany’s Fraport“, Kathimerini English version (14 December 2015).„Greece confirms Germany’s Fraport to run regional airports“, Reuters (Tue Aug 18, 2015 9:49am EDT).. Fraport 2017-yilning 11-aprelidan boshlab 14 ta mintaqaviy aeroportlarni boshqarishni boshladi" „Fraport Greece Begins 40-Year Concession at 14 Greek Regional Airports“ , Kathimerini English version (21 March 2017).. Har bir aeroportning bosh rejasi va qurilish ishlari tugagandan soʻng 14 ta aeroportning kompyuter renderi (tashqi koʻrinishlarini) eʼlon qilindi" „Fraport Greeceʼs Development Plan for the New Era at the Greek Regional Airports“ , Fraport-Greece English version (22 March 2017)..

Fraport boshqaruviga oʻtkazilgan aeroportlar:

Aktion milliy aeroporti Kavala xalqaro aeroporti Kefaliniya xalqaro aeroporti Korfu xalqaro aeroporti Kos oroli xalqaro aeroporti Mitiliya xalqaro aeroporti Mikonos oroli milliy aeroporti Rodos xalqaro aeroporti Samos xalqaro aeroporti Santorini (Tira) milliy aeroporti Skiatos oroli milliy aeroporti Saloniki xalqaro aeroporti Zakintos xalqaro aeroporti Xanya xalqaro aeroporti

Fraport tomonidan boshqariladigan grek aeroportlaridagi yuqori narx siyosati hamda samolyotlar uchun toʻxtash joylari yoʻqligi sababli ham mahalliy, ham xorijiy fuqaro aviatsiyasi samolyotlari egalari tomonidan koʻplab shikoyatlar kelib tushdi. Gretsiyaning yirik „To Vima“ gazetasida hamda AOPA Hellas uyushmasi veb-saytida bu haqda maqolalar eʼlon qilindi.

Bosh qarorgohi Kompaniyaning ustavida roʻyxatga olingan manzili sifatida Frankfurtmayn shahri koʻrsatilgan. Fraport inshootlari shaharning Flughafen tumanidagi Frankfurt aeroporti mulkida joylashgan. Uning bosh ofis binosi 178-bino, Tor 3 (3-darvoza) yaqinida joylashgan.

Aksiyadorlari Kompaniyaning hozirgi aksiyadorlik tuzilmasi quyidagicha. Aksiyadorlar Ulushi Hessen yeri 31,31% Stadtwerke Frankfurt am Main Holding GmbH 20,32% Deutsche Lufthansa AG 8,44% Lazard Ltd 5,02% Erkin sotuvda/ maʼlumot yoʻq 34,91%

Manbalar

Havolalar

Turkum:Aeroport operatorlari Turkum:Frankfurt fond birjasida aksiya listingiga ega kompaniyalar