John Yzendoorn (1955-yil 17-sentyabrda tugʻilgan) - Futbol boʻyicha Avstraliya chempionatida Heidelberg United, South Melbourne va Brunswick Juventus klublari safida oʻynagan sobiq professional futbolchi. Angliyada tugʻilgan, Xalqaro musobaqalarda Avstraliya sharafini himoya qilgan.
Klublardagi faoliyati Yzendoorn oʻz faoliyatini Angliyaning „Preston North End” klubi safida boshlagan. Ammo 1974-yilda shartnoma bekor qilinganRothmans Football Yearbook 1974–1975 (published 1974), p380, Queen Ann Press Limited. Keyin u Morecambe klubi bilan shartnoma imzolaganLancaster City v Morecambe programme, 11 October 1976. Yzendoorn keyinchalik Avstraliyaga koʻchib oʻtdi va 1979-yilda Melburn shahrining „Heidelberg United“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Ushbu klub safida toʻrt mavsum harakat qildi. Yzendoorn 1983-yilda „South Melbourne“ klubi safiga qoʻshildi va 1984-yilgi chempionatda ushbu klub safida harakat qildi. South Melbourne bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng, 1986-yilda Brunswick Juventusga koʻchib oʻtdi.
2009-yilda Yzendoorn South Melbourne klubining shon-shuhrat zaliga kiritilgan dastlabki futbolchilardan biriga aylandi.
Terma jamoadagi faoliyati Yzendoorn xalqaro maydondagi debyutini 23 yoshida amalga oshirgan. Rudi Gutendorf tomonidan 1979-yilda Belgradning „Partizan“ klubiga qarshi ikkita o‘yinda ishtirok etish uchun tanlangan va har ikkala o‘yinda ham zaxiradan maydonga tushgan. 1980-yilda Chexoslovakiya terma jamoasiga qarshi 2:2 hisobi bilan yakunlangan bahsda yana zaxiradan maydonga tushdi. Yzendoorn oʻzining terma jamoa safidagi birinchi va yagona golini oʻsha yilning oxirida Sidneydagi Meksikaga qarshi boʻlib oʻtgan bahsda kiridi.
Yzendoorn 1982-yilgi jahon chempionati saralash bahslarida qatnashish uchun 1981-yilda Avstraliyaning uchun Avstraliya fuqaroligini olgan.
Yutuqlari Heidelberg United klubi safida:
Avstraliya chempionati: 1980-yil (2-oʻrin) Avstraliya kubogi: 1980, 1982-yillar (Finalchi)
South Melbourne klubi safida:
Avstraliya chempionati: 1984-yil (Chempion)
Brunswick Juventus klubi safida:
Avstraliya kubogi: 1988-yil (Finalchi)
Manbalar
Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Avstraliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1955-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar