TBC Bank () — bosh qarorgohi Tbilisida joylashgan gruzin banki. TBC Bank nomi bankning 1992-yilga borib taqaladigan asl nomi Tbilisi Business Centre ()dan kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda TBC Bank dastlabki nomining qisqartmasi emas, balki rasmiy nom sifatida roʻyxatga olingan.

TBC London fond birjasida listingga kiritilgan va FTSE 250 indeksining tarkibiga kiradi.

Tarixi TBC Bank tarixi 1992-yilda gruziyalik ikki ishbilarmon Mamuka Xazaradze va Badri Japaridze boshqa gruzin hamkorlari bilan birgalikda Tbilisi biznes markaziga asos solganidan boshlanadi. Bank 500 AQSh dollari boshlangʻich kapitali bilan tashkil etilgan, bu 1990-yillarning boshida Gruziyada bankni tashkil etish uchun talab etiladigan eng kam miqdor bo'lgan. Bank 1993-yil 20-yanvarda Milliy bank tomonidan 85-sonli umumiy bank faoliyati boʻyicha litsenziyalangan va 1993-yil may oyida xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish uchun yana bir litsenziya berilgan.

1995-yilda bank bitta filiali va 29 nafar xodimi bilan faoliyat yuritgan, uning umumiy aktivlari 1,4 million dollarni tashkil etgan. 1993-yilda bankka qoʻshilgan Vaxtang Butsxrikidze 1995-yilda TBC Bosh direktori (CEO) lavozimiga tayinlangan va shundan beri ushbu lavozimda qolmoqda.

2014-yil 11-iyun kuni London fond birjasi TBC Bankni Global depozitariy kvitansiyalari (GDR) listingidan soʻng asosiy bozorga taklif qildi. Bank IPOda 239 million dollar yigʻdi va uning bozor qiymati 640 million dollarga baholandi. TBC Bank IPOsi Gruziyadagi eng yirik IPO hamda Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasidagi xalqaro indeksdan tashqari (off-index) eng yirik IPO boʻldi.

2019-yil yanvar oyida bank Gruziya Milliy banki 2007—2008-yillarda amalga oshirilgan ayrim operatsiyalarning qonuniyligi yuzasidan tekshiruv oʻtkazilayotganini eʼlon qildi.

2019-yilning fevral oyida bank Gruziya Milliy banki tomonidan TBCning raisi va oʻrinbosari manfaatlar toʻqnashuvini tartibga soluvchi qonunchilikni buzganligi sababli oʻz lavozimini tark etishlari soʻraldi.

Bank 2019-yilda Oʻzbekistonda bank litsenziyasiga ega boʻldi va „TBC Bank“ ATB nomi ostida mahalliy bozorda faoliyatini boshladi. Oʻsha yili Oʻzbekiston toʻlov provayderi Paymening 51 foiz ulushini $5,5 mlnga sotib oldi. 2023-yilda esa Paymening qolgan 49% ulushini $55,7 mlnga xarid qildi va toʻlov provayderining 100% aksiyalari egasiga aylandi.

Faoliyati right|thumb|270x270px| TBC Bank, Tbilisi right|thumb|270x270px| TBC Bank, Kutaisi

TBC Leasing TBC Bank 2004-yil yanvar oyida Gruziyaning Tbilisi shahrida joylashgan, umumiy aktivlari 0,5 million lari boʻlgan TBC Leasing AJni tashkil etdi. Hozirda TBC Leasing kompaniyasining 89,5% aksiyalari bankka tegishli, qolgan qismiga esa YTTB egalik qiladi.

TBC Credit TBC Bank 2007-yil oxirida TBC Creditning 75,0% ulushini sotib oldi. Kompaniya ilgari SOA Kredit nomi bilan tanilgan boʻlib, 1999-yildan beri Ozarbayjonda Mikro va KOʻB (MKOʻB) moliyaviy xizmatlari bozorida faoliyat yurituvchi nobank kredit tashkiloti hisoblanadi.

TBC Invest 2011-yil boshida tashkil etilgan TBC Invest AJ TBC Bankning toʻliq shoʻba korxonasi hisoblanadi. U Isroil bozorida ishlaydi va isroillik mijozlari hamda TBC Bank oʻrtasida vositachi boʻlib xizmat qiladi.

My. GE TBC Bank 2019-yil avgust oyida My. GE deb ataladigan Gruziya elektron tijorat platformasining katta ulushini sotib oldi.

TBC Insurance 2016-yilda TBC Group Kopenbur sugʻurta kompaniyasini sotib oldi va yangi TBC Insurance kompaniyasini tashkil etdi.

Ijtimoiy javobgarligi Bankning ijtimoiy mas’uliyat loyihalari doirasida TBC Bank Gruziyadagi 2008-yilgi urush qurbonlariga yordam berish uchun TBC Fund jamgʻarmasini tashkil qildi. TBC Fund 5 million lari bilan ish boshladi va koʻp oʻtmay oʻz dasturlari uchun qoʻshimcha 3 million lari toʻpladi.

TBC Bank, shuningdek, 2003-yildan beri yilning eng yaxshi adabiy asarlarini taqdirlashga qaratilgan SABA yillik adabiyot mukofoti hammuassisi hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:Gruziya banklari