Orazberdi Murodovich Murodov (; 1993-yil 26-aprelda tugʻilgan) – turkmanistonlik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.
Karyera Ashxobod shahridagi „Olimp“ SC yoshlar sport maktabida futbolga oid dastlabki taʼlimini olgan. Birinchi murabbiylari R. A. Doshelyants va Aman Kochumovlardir. 2010—2013-yillarda Minsk klubining oʻrinbosarlar jamoasida oʻynaganMuradov ArazOraz Muradov.
2014-yilda Turkmanistonga qaytgan va Ashxobodning MTTU klubi bilan shartnoma imzolagan. 2014-yilning 22-avgust kuni „Oltin Asir“ jamoasiga qarshi oʻyinda Turkmaniston chempionatida yangi klubi safidagi ilk golini urgan. 2014-yil sentyabr oyida OFK prezidenti kubogida debyut oʻyinini oʻtkazgan. 2016-yilning yozida u Ashxobod klubi bilan shartnoma imzolagan.
2018-yilgi mavsum „Ahal“ klubi tarkibida OFK kubogida 5 ta oʻyinda ishtirok etgan.
Milliy terma jamoa Orazberdi Turkmanistonning bir necha yosh toifdasidagi terma jamoasida oʻynash tajribasiga egaORAZBERDY MURADOV. 2012-yilgi Hamdoʻstlik kubogida ishtirok etgan.
2008-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazilgan 16-yoshgacha boʻlgan Osiyo kubogida Turkmaniston oʻsmirlar terma jamoasi bilan ishtirok etgan
Turkmaniston olimpiya terma jamoasida oʻynagan.
Yutuqlar
Jamoaviy: MTTU OFK Prezidenti kubogi sohibi: 2014 Ahal Turkmaniston kubogi gʻolibi: 2017 Turkmaniston chempionati kumush medali sovrindori: 2017
Manbalar
Havolalar
Orazberdi Murodov New.sportbox saytida Orazberdi Murodov Transfermarkt saytida
Turkum:26-aprelda tugʻilganlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Ashxobodda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FK Yedigen futbolchilari Turkum:FC Aşgabat futbolchilari Turkum:FC Ahal futbolchilari Turkum:Arkadagʻ F.C. futbolchilari Turkum:FC Marv futbolchilari