Tashkil etilishi

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi PQ–4623-sonli qarori — *“Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”*gi qaroriga muvofiq, Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali hamda Termiz davlat universiteti ning pedagogika yo‘nalishidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Institut tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.https://terdpi.uz/page/view/342 Institutning asosiy maqsadi — pedagogik ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy ilmiy-pedagogik yondashuvlar asosida malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, xalqaro standart larga mos o‘quv jarayonini tashkil qilish, ta’limga innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda janubiy mintaqalarda o‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirishdan iborat. Institut quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish; pedagogik ta’limning amaliyotga yo‘naltirilgan modelini joriy etish; hududlardagi ta’lim muassasalari bilan integratsiya lashgan holda, amaliy mashg‘ulotlar bazasini kengaytirish; xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xorijiy tajribalarni o‘rganish va tatbiq etish; pedagogik innovatsiyalar,STEAM yondashuv, Media va raqamli texnologiyalar asosida ta’lim berishni rivojlantirish. Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida: zamonaviy moddiy-texnika bazasi shakllantiriladi; Malakali Professor-oOʻqituvchilar tarkibini shakllantirish choralari ko‘riladi; mahalliy hamda xalqaro grantlar asosida ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshiriladi; Surxondaryo viloyati ehtiyojlaridan kelib chiqib, muayyan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashuv kuchaytiriladi. Institut mustaqil faoliyat yurituvchi tarkibiy tuzilma sifatida Termiz davlat universiteti tasarrufida faoliyat olib boradi, uning tashkiliy tuzilmasi va faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli nizom va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi. Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Hududda pedagogika sohasi va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari hamda ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, zamonaviy texnika va texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, pedagogika sohasi bo‘yicha tarbiya va o‘qitish usullari, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan professional, oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash; Institutning mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida xorijiy fuqarolar uchun taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish; O‘quv va ilmiy laboratoriya xonalarini tashkil etish, ularni zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash hamda o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish; Taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish; Xorijiy yetakchi va nufuzli oliy taʼlim muassasalarining ilg‘or tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv va ilmiy-uslubiy taʼminotni takomillashtirish hamda amaliyotga joriy etish; Taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va taʼlim texnologiyalarining uzviy integratsiyasini taʼminlash; Pedagogika taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-metodik vazifalarni hal etish, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish; Respublika va xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy muassasalariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish; Xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish hamda baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish, shu bilan birga ushbu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarni tayyorlash.

RAHBARIYAT

Rektor

Rektor lavozim vazifalari

Huquqiy-huquqiy hujjatlarni bajarish: O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasiining qarorlarini amalga oshirish. Kadrlar tayyorlash: Yuksak malakali,Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga qodir kadrlarni tayyorlash. Ta’lim sifatini ta’minlash: Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish. Boshqaruv: OTM tuzilmasini boshqarish, xodimlarni tanlash, tayinlash, rag‘batlantirish va intizomiy choralar ko‘rish. Moliyaviy nazorat: Daromadlar shakllanishi va ularning samarali sarflanishini nazorat qilish. Ilmiy tadqiqotlar: Ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, natijalarni amaliyotga joriy etish. O‘quv adabiyotlari: Darsliklar va metodik adabiyotlar yaratishni tashkil etish. Texnologiyalarni joriy qilish: Masofaviy ta’lim, yangi pedagogik va AKT texnologiyalarini joriy qilish. Ma’naviy-tarbiyaviy ishlar: Milliy g‘oya asosida tarbiya va ma’rifiy ishlarni yo‘lga qo‘yish. Talabalar bilan ishlash: Qabul, chetlatish, tiklash va ichki tartibga rioya qilinishini ta’minlash. Malaka oshirish: O‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish. Ijtimoiy himoya: Talabalar va xodimlar uchun yashash, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoya chora-tadbirlari. O‘quv jarayonining sifati: Fakultet va kafedralar, laboratoriya, amaliyotlar sifati ustidan doimiy nazorat. Yo‘nalishlar rivoji: Ta’lim va ixtisosliklar bo‘yicha istiqbolni belgilovchi tadbirlarni amalga oshirish. Marketing va bandlik: Mutaxassisliklarga ehtiyojni o‘rganish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash. Moddiy-texnik baza: OTM infratuzilmasini rivojlantirish, yangi bo‘linmalar tashkil etish. Xalqaro hamkorlik: Granatlar, xorijiy loyiha va korxonalarni jalb qilish. Ijtimoiy aloqalar: Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa nodavlat sektorlar bilan hamkorlik. Qo‘shimcha vazifalar: Vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalarni bajarish.

thumb|Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Tojiyev Panji Jovliyevich

Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari — Oliy taʼlim muassasasining oʻquv jarayonini samarali tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishga masʼul rahbar lavozimi. Lavozim egasi taʼlim standartlariga muvofiq kadrlar tayyorlashni taʼminlaydi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qiladi va OTMning ichki va tashqi attestatsiyalarga tayyorligini nazorat qiladi.

Asosiy vazifalari:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi qarorlarini taʼlim sohasida amalga oshirishni tashkil etish; Davlat taʼlim standartlari asosida oʻquv jarayonini tashkil qilish va malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash; Barcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv reja va dasturlar bilan taʼminlash, ularni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish; Dekanlar, kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilarning davlat standartlari talablari bilan toʻliq tanish bo‘lishlarini taʼminlash; Ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va taʼlim tizimiga tatbiq etish; Masofaviy taʼlim, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish; Oʻquv adabiyotlari (Darslik, qoʻllanma, uslubiy majmualar) yaratish va tarjima ishlarini yoʻlga qoʻyish; Talabalar amaliyotlarini ishlab chiqarish bilan integratsiyada tashkil qilish va monitoring qilish; Talabalarni Olimpiada , tanlov va davlat stipendiyalariga tayyorlash; Professor-oʻqituvchilarning rejalari va dars sifati ustidan nazorat oʻrnatish; Reyting tizimi asosida baholash mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; Oʻquv-uslubiy kengashga rahbarlik qilish, kafedralar va fakultetlar faoliyatini muvofiqlashtirish; Pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilishni tashkil etish; Oʻquv mashgʻulotlari jadvalini tuzish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish; Ichki attestatsiyalarni oʻtkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlashni boshqarish; Oʻquv-intizom buzilishi holatlarida chora koʻrish va zarur hollarda shartnomalarni bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash; Xalqaro talablar asosida mutaxassislar tayyorlash, xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Lavozim egasi rektoratga tegishli hisobotlarni taqdim etadi, Fakultet va Kafedralarning yillik faoliyatini tahlil qiladi hamda taʼlim sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.

Oʻquv ishlari boʻyicha rektor oʻrinbosarining asosiy vazifalari Oʻquv ishlari boʻyicha Prorektor oliy taʼlim muassasasida taʼlim jarayonini yuqori sifatda tashkil qilish, davlat taʼlim standartlari asosida malakali kadrlar tayyorlash va taʼlim sifatini doimiy takomillashtirish bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajaradi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim sohasidagi qarorlarini amalga oshirish; Davlat taʼlim standartlari asosida taʼlim jarayonini tashkil qilish va malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash; Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari va yuqori tashkilotlar farmoyishlarining bajarilishini tashkil etish; Ilgʻor mamlakatlar taʼlim tizimi tendensiyalarini oʻrganish, zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish; Masofaviy taʼlim, AKT va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish; Yangi avlod darsliklari va oʻquv-metodik adabiyotlar yaratish, tarjima va nashr ishlarini tashkil qilish; Oʻquv rejalarini takomillashtirish, metodik qo‘llanmalar tayyorlash, o‘quv-uslubiy kengash ishlarini muvofiqlashtirish; Talabalarni Respublika va xalqaro olimpiadalarga tayyorlash, Prezident stipendiyalariga nomzodlar saralash; Talabalarni mustaqil taʼlim olishlari uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, reyting tizimini tatbiq etish; Oʻquv mashgʻulotlari sifati, o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini doimiy nazorat qilish; Talabalar amaliyotlarini tashkil etish, ishlab chiqarish bilan integratsiyani taʼminlash; Oʻqituvchilar va yordamchi xodimlar shtatlarini rejalashtirish, kadrlar tanlash va malaka oshirishni yo‘lga qo‘yish; Oʻquv xonalaridan samarali foydalanish, texnik jihozlashni takomillashtirish; Oʻqishdan chetlashtirish, qayta tiklash, stipendiya tayinlash ishlarini nazorat qilish; Fakultet va kafedralarning yillik faoliyatini tahlil qilish, hisobotlarni tayyorlash; Taʼlim mazmunini xalqaro talablarga moslashtirish, xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikni rivojlantirish; Reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish; Konferensiyalar, seminarlar, uslubiy yig‘ilishlarda faol ishtirokni taʼminlash, boshqa OTMlar va mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor: Turamuratov Ulugʻbek Uroqovich thumb|Turamuratov Ulugʻbek Uroqovich

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari vazifalari:

Qonunchilik ijrosi: Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlarini taʼlim tizimida amalga oshirish. Taʼlim va tarbiya sifatini oshirish: Davlat taʼlim standartlari asosida ilmiy, o‘quv, tarbiyaviy va moliyaviy ishlarni muvofiqlashtirish. Malakali, yuksak maʼnaviyatli kadrlar tayyorlash. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil qilish: Talabalarda milliy g‘oya va mustaqil fikrlashni shakllantirish. Maʼnaviy-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha reja, mexanizmlar va metodik materiallar ishlab chiqish hamda ularni nazorat qilish. Prezident farmonlari va rasmiy hujjatlarni jamoaga yetkazish, tushuntirish.