„Waterscapes“ (), toʻliq nomi „Waterscapes: The Cultural Politics of a Natural Resource“ () — Amita Baviskar tahriri ostida chop etilgan 12 ilmiy maqola toʻplami. Kitob 2007-yil „Permanent Black“ nashriyotida bosilib chiqqan. Maqolalarning barchasida suvning siyosiy iqtisodiyoti haqida soʻz boradi.
Majmuaga kiritilgan maqolalar ilk bor 2001-yil Dehli universitetida boʻlib oʻtgan ilmiy anjumanda taqdim etilgan. Maqolalarning barchasi madaniyat, siyosat hamda suv oʻrtasidagi bogʻliqliklarga bagʻinlangan boʻlib, mavzusiga qarab uch guruhga boʻlingan va yaxlit kitob shakliga keltirilgan.
Baviskarning soʻzlariga koʻra, „suv manzaralari“ atamasi bilan suvni madaniy nuqtai nazardan tahlil qilishda oʻrtaga chiqadigan „joy yaratish jarayonlari, tarixiy-jugʻrofiy aloqalar hamda diskursiv va ramizy amaliyotlar“ nazarda tutilgan. Asarda asosan Global Janub, xususan, Hindiston misoli keng koʻrib chiqilgan, lekin AQSh, Xitoy, Gambia va Braziliyadan olingan misollar ham oʻrin olgan.
Manbalar
Havolalar Divided „Environments Cambridge“ universiteti nashriyoti saytida
Turkum:Antropologiya boʻyicha kitoblar Turkum:Sotsiologiya boʻyicha kitoblar Turkum:Rivojlanish boʻyicha kitoblar Turkum:Hamkorlikda yozilgan noadabiy kitoblar