Iloti (Eloti) Sa’yn amlogi — Buxoro amirligi Qorako‘l tumanidagi ma’muriy birlik. Mazkur amlok nomi hijriy 1333-yil muharram oyining birinchi sanasi — milodiy 1914-yil noyabr oyida amirlikda boshqaruv tizimini takomillashtirish, soliq masalalarini tartibga solish maqsadida o‘tkazilgan hududlarni ro‘yxatga olish ishlari hujjatlarida qayd etilgan.
Amlok nomining kelib chiqishi Iloti (Eloti) Sa’yn amloki nomini so‘zma-so‘z tarjima qilganda, bu Sa’yn Elati amloki degan ma’noni bildiradi. Nom tarkibidagi Sa’yn aslida Chingiziy Jo‘ji ulusining hukmdori, aniqrog‘i, Chingizxonning nevarasi Botuxonning laqabi bo‘lib, mo‘gul tilida „homiy“ degan ma’noni bildiradi. Bundan mazkur hududda yashagan aholi ma’lum davrda Botuxonga elat, tobe bo‘lganligi anglashiladi. Amlok esa, o‘sha paytda tuman tarkibiga kirgan ma’muriy birlikdir. Undagi yerlar amir tomonidan dehqonchilik qilish uchun ayrim kishilarga berilgan.
Amlok boshqaruvi Amlok yerlar ayrim zamindorlarning mulki bo‘lmay, balki davlat miqyosida birlashgan amir boshchiligidagi zodagonlar guruhining mulki hisoblangan. Amlokka tuman begi, Qorako‘l tumanidagi vujudga kelgan an’anaga ko‘ra esa, Qorako‘l qozisi tayinlaydigan amlokdor boshchilik qilgan. Mazkur amlokka 25 dan ortiq katta-kichik qishloq kirgan. Amlokdor xiroj va soliq yig‘ish, dehqonlarning hosilini hisobga olish va boshqa ishlar bilan shug‘ullangan. Amlokdor ixtiyorida hujjat ishlarini yurituvchi kotib, sug‘orish ishlarini nazorat qiluvchi mirob, qishloqlarning oqsoqollari va aminlari bo‘lgan.
Amlok tarkibiga kirgan qishloqlar Ajiyi Iron (Aji Ayron) Arg‘uni mirob arig‘ Ardal Ochbek Baland masjid Begach (Bekachi) Bichoqchi Bo‘ribek G‘onchi Davlatboy Dehnav Zargarqayroq Qatortepa Ko‘kko‘z Qurbaqqa Chandir Labkon Mirobarig‘ Pichoqchi Sa’yn Qaravul Sa’yn Xidir Ayli To‘z Aldi O‘rganji Chagas Shayx Dahboshi
Manbalar
Turkum:Buxoro amirligi amloklari Turkum:Qorakoʻl tumani