Mayna Xasanova (1903—1943) — Qizil armiya safida jang qilgan birinchi oʻzbekistonlik ayol, razvedkachi, qizil armiya qoʻmondoniУзбекская Советская Социалистическая Республика: Энциклопедия / Редкол.: К. А. Зуфаров (гл. ред.) и др. — Ташкент : узб. сов. энциклопедия, 1981. — 557 с..

Asosan 1960—1980-yillarga oid manbalarda Zohida Xasanova, Zaynab Xismatova, Zaynet Xismatova nomlari bilan mashhurУзбек романи / Собир Мирвалиев. — Фан, 1969. — 313 с. — стр. 305Эмансипация мусульманки. Опыт раскрепощения женщины советского Востока / Пальванова Б. П. - Москва: Наука, 1982. — 304 с..

Tarjimai holi 1903-yilda Buxoro yoki Gʻuzor shahridagi Chaqar qishlogʻida tugʻilgan. Kambagʻal oiladan boʻlib, erta yetim qolgan. Ovchi amakisining qoʻlida tarbiyalangan.

Mayna erta turmushga chiqdi. Bekning oʻninchi xotini boʻldi. Erining zoʻravonligiga dosh berolmay uni oʻldirdi va qochib ketdi.

15 yoshida oʻsha paytda Buxoro amirligining inqilobiy harakati markazi boʻlgan Kogonda bordi. U yerda oʻqish va yozishni oʻrgangan, komsomolga qabul qilingan. Hujum harakati faoli.

1920-yilda u ixtiyoriy ravishda Qizil Armiya safiga qoʻshildi. Bosmachilar bilan janglarda qatnashdi. Otliq qoʻshinlar boʻlinmasining komandiri boʻldi. Uning razvedkachi sifatidagi shuhrati Turkiston fronti qoʻmondoni M.V.Frunzega qadar yetib bordi. Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlangandek koʻrsatilgan. Lekin 1926-yilgacha mukofotlanganlar orasida Mayna Xasanova tilga olinmagan.

1922-yildag Mayna Xasanova bosmachilar tomonidan asirga olinib, qiynoqqa solingan va togʻga tashlab ketilgan.

Maryam Yoqubova o‘z xotiralarida Mayna Xasanova bilan 20-yillarning o‘rtalarida universitetda o‘qiganini, 1928-yilda sogʻlig‘i keskin yomonlashib, kasalxonaga yotqizilganini aytadiКак я стала актрисой / Марьям Якубова; лит. обраб. и послесл. Л. А. Авдеевой. — Ташкент: Изд-во лит. и искусства, 1984. — 136 с. — 134 с..

Ensiklopediyada vafot etgan yili sifatida 1943-yil koʻrsatilganУзбекская Советская Социалистическая Республика: Энциклопедия / Редкол.: К. А. Зуфаров (гл. ред.) и др. — Ташкент : узб. сов. энциклопедия, 1981. — 557 с..

Xotira Toshkentdagi koʻchalardan biriga Mayna Xasanova nomi berilgan Oʻtgan asrning 70-yillarida Oʻzbekiston SSRda Mayna Xasanova xotirasi uchun ayollar oʻrtasida sport musobaqalari boʻlib oʻtgan. 1971-yilda Vitaliy Kachayev oʻz sheʻrini „Mayna“ deb nomlagan. 1977-yilda yozuvchi Adham Rahmat uning hayoti va amalga oshirgan ishlari haqida „Jasorat“ pyesasini yozgan. 1980-yilda Oʻzbektelefilm Mayna Xasanova haqidagi Afsonaviy qiz nomli film suratga olgan. Gʻuzorda Mayna Xasanova kinoteatri boʻlgan

Adabiyotlar Майна Хасанова // Закономерности сближения быта и традиций социалистических наций / О. П. Умурзакова. — „Fan“ nashriyoti — 239 b; 50-bet Manbalar

Turkum:1943-yilda vafot etganlar Turkum:1903-yilda tugʻilganlar