Andrey Yaroslavovich Melnichuk (; 1978-yil 14-noyabrda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbol menejeri va sobiq futbolchi.

Faoliyati Chernovtsi shahridagi oʻsmirlar oʻrta maktabida futbol oʻynashni boshlagan. Birinchi murabbiy Ihor Kalita, keyin Volodimir Nikitin qoʻlida tahsil olgan. 15 yoshida mahalliy „Lada“ klubiga qoʻshilgan. Keyinchalik Melnichuk Chernovtsining „Bukovina“ yoshlar jamoasida oʻynay boshladi. 1999-yilda „Bukovina“ning asosiy tarkibiga kiritildi va shu jamoa tarkibida bitta oʻyin oʻtkazdi. 2000-yil oʻrtalarida Kupyandan „Oskil“ ga oʻtib, bu klubda bir mavsumda uchta oʻyinda maydonga tushdi. 2001-yil oʻrtalarida u Zolochivning „Sokil“ jamoasiga oʻtdi va jamoada bir mavsumda 15 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2002—2003-yilgi mavsumlarda u Ivano-Frankivskning „Spartak“ jamoasida va Kaluga „Spartak-2“ da oʻynadi.

2004-yilgi mavsum boshida murabbiy Bohdan Blavatskiy bilan mojaro tufayli Sumining „Spartak-Xorobina“ jamoasiga oʻtdi va bir yarim mavsumda 23 ta oʻyinda maydonga tushdi. Ammo Sumi klubidagi moliyaviy muammolar tufayli u 2005-yilning oʻrtalarida Ivano-Frankivskning „Spartak“ jamoasiga qaytdi va 2006-yilning oʻrtalariga qadar ushbu klubda oʻynadi. Shundan soʻng Melnichuk Dneprodzerjinskning „Stal“ jamoasiga koʻchib oʻtdi va ushbu klubda 25ta oʻyinda maydonga tushdi, mavsum yakunlangach, Oxtirning „Naftovik-Ukrnafta“ klubidan taklif oldi. Ukraina oliy ligasida 6ta oʻyin oʻtkazdi. 2007—2008-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida u Luganskning „Komunalnik“ jamoasida oʻynadi. 2009—2010-yilgi mavsum boshlanishi arafasida u oʻz shahriga qaytdi.

2010-yil boshida Zarafshonning „Qizilqum“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Andriy Melnichuk 2011-yilning oʻrtalariga qadar „Qizilqum“da toʻp surgan va shu vaqt ichida 33 ta oʻyinda maydonga tushgan. Shundan soʻng unga Samarqandning „Dinamo“ sidan taklif tushgan va shu klub bilan shartnoma imzolagandi. „Dinamo“ tarkibida Melnichuk jamoa yetakchilaridan biriga va asosiy darvozabonga aylandi.

Keyinchalik jamoa sardori boʻldi. 2015-yil oxirigacha Samarqandning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan.

2016-yilda u FK „Stal Kamianske“ murabbiylar shtabiga qoʻshildi. 2019-yilda Melnichuk oʻz shahrining „Bukovina“ klubiga menejer etib tayinlandi. 2020—2022-yillarda u Chernovtsining „Dovbush“ sport klubini qayta tiklashga yordam berdi. 2022-yilda yana Bukovina boshqaruvchisi etib tayinlandiAndrіy Melnichuk ofіsіyno ocholiv Bukovinu. Sport Arena. 31 July 2022.

Yutuqlar

Ukraina ikkinchi ligasi Chempion: 2002—2003-yillar (Lukor Kalush), 2007—2008-yillar (Komunalnik Lugansk), 2009—2010-yillar (Bukovina Chernivtsi)

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FSC Bukovyna Chernivtsi futbolchilari Turkum:FC Oskil Kupiansk futbolchilari Turkum:FC Sokil Zolochiv futbolchilari Turkum:FC Spartak Ivano-Frankivsk futbolchilari Turkum:FC Kalush futbolchilari Turkum:FC Spartak Sumi futbolchilari Turkum:FC Stal Kamianske futbolchilari Turkum:FK Naftyanik-Ukrnafta futbolchilari Turkum:FC Komunalnik Lugansk futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina havaskorlar futbol ligasi futbolchilari Turkum:Ukrainalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainalik futbol murabbiylar